O‘zbekiston | 11:14 / 27.07.2018
21069
2 daqiqa o‘qiladi

Yengil avtomobillarni 30 kunga ijaraga berishni notarial tasdiqlash talab etilmaydi

Foto: KUN.UZ

Prezident tomonidan Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun imzolandi.

Qonun bilan bir qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq endilikda avtomototransport vositalarini o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlash shart emas.

Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar jismoniy shaxslar bilan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini oddiy yozma shaklda tuzishlari mumkin.

Mazkur o‘zgartirish Adliya vazirligi tomonidan ijara bozorini rivojlantirish, jumladan ichki va tashqi turistlar uchun avtomobil turizmini ustuvor rivojlantirish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida taklif etilgan edi.

Mavzuga oid