Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rivojlangan dunyoda» tug‘uruq uchun eng xavfli davlat ma'lum qilindi
Amerika Qo‘shma Shtatlari, «rivojlangan dunyoda tug‘uruq uchun eng xavfli joy» sanaladi, deb yozmoqda USA Today gazetasi o‘z surishtiruvi natijalariga tayangan holda.
USA Today gazetasi milliy shifoxonalarning tug‘uruq bo‘limlarida to‘rt yillik surishtiruv o‘tkazdi, shuningdek, tug‘uruq vaqtida jiddiy jarohat olgan ayollar, o‘z yaqinlarini yo‘qotgan shaxslar bilan suhbatlashdi.
Qo‘shma Shtatlarda har yili 50 mingdan ortiq onalar tug‘uruq paytida yoki tug‘uruqdan so‘ng og‘ir jarohatlar oladi, 700 nafar ayol esa hayotdan ko‘z yumadi, deyiladi surishtiruvda.
Bu kabi ayollardan hayotdan ko‘z yumadigan yoki jiddiy jarohatlar oladigan «o‘limga sabab bo‘luvchi tug‘ruqlar» shifoxonalar xavfsizlik choralarini qo‘llamasligi bilan izohlanadi, deb yozadi nashr.
AQShda hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlar orasida onalar o‘limining eng yuqori darajasi kuzatilmoqda. Shu bilan birga, agar ayollarga tug‘uruq vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilganida, o‘lim holatlarining taxminan 50 foizining oldini olish mumkin edi, deyiladi surishtiruvda.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026