Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarkand City qurilishi uchun qancha pul sarflanadi?
«Ipak yo‘li» Xitoy jamg‘armasi va boshqa kompaniyalar Samarkand City majmuasini qurish uchun 171,5 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni yo‘naltiradi. Bu prezidentning «2018-2019 yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan.
Loyiha 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan va xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi. 2019 yilda ushbu summaning 30 mln dollarini o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda, deb yozadi Spot.
Avvalroq, sobiq «Alpomish» zavodi (avvalgi «Qizil dvigatel») hududida turli xizmat ko‘rsatish sinfiga ega zamonaviy mehmonxonalar, kottejlar, ko‘ngilochar va savdo markazlari, amfiteatr, bouling klublar, karaoke-barlar, kafe, restoranlar, suvenir do‘konlaridan iborat bo‘lgan majmua qurilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Starbucks, McDonald’s, Burger King, KFC kabi jahonga mashhur brend kompaniyalaridan franshizalarni sotib olish imkoniyati bilan tegishli restoranlarni ochish mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026