Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu safargi Osiyo o‘yinlari moliyaviy mukofotlash jihatdan avvalgilaridan keskin farq qiladi - MOQ
XVIII Osiyo o‘yinlari avvalgi musobaqalardan har tomonlama farq qilishi kutilmoqda. Xususan, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash masalasiga ham hukumat tomonidan katta e'tibor bilan yondashilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov va sport federatsiyalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qatnashgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Sportchilarni taqdirlash bo‘yicha ish olib borilmoqda. Shu hafta oxirida hukumatning Osiyo o‘yinlariga oid qarori chiqadi. Sportchilar bilan ham gaplashdik, federatsiyalarga ham aytdik: bu Osiyo o‘yinlari avvalgilaridan juda ham farqli bo‘ladi. Pul tomondan ham, davlatning e'tibori tomondan ham, kutilayotgan medallarning miqdori jihatdan ham. Aynan moliyaviy tomoni sir bo‘la qolsin», - dedi qo‘mita bosh kotibi.
Moliyaviy ma'lumotlar keng ommaga ochiqlanmasa ham, motivatsiya berish maqsadida sportchilarning o‘ziga ma'lum qilinganmi, degan savolga Jasur Matchanov quyidagicha javob berdi:
«Sportchilarga aytilgan. Shunday tizimni yaratdikki, Olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan har bir sport turiga kurator belgilab qo‘yilgan. Federatsiyalar ham, ochig‘ini aytaman, charchab ketishgan.
Bu kuratorlar har kuni borib ma'lumot olishadi: ertalab qanaqa ovqat yeyishyapti, mashg‘ulot qanday o‘tyapti, kechqurunga nima yeyishdi, uxlashyaptimi-yo‘qmi... Shu savollar bilan federatsiyalar xodimlarini ham, murabbiylarni ham, qaysidir ma'noda charchatib yuborishgan.
Shunday tizim yaratilganki, «Telegram» ijtimoiy tarmog‘i orqali har bir sport turi bo‘yicha har kunlik ma'lumot olib turiladi, rahbariyatga yetkaziladi».
Anjumanda ma'lum qilinishicha, paralimpiyachilar ham mashg‘ulotlarga jiddiy kirishgan bo‘lib, ular ham federatsiyalarga biriktirilgan. Yengil atletika, dzyudo, suzish va pauerlifting kabi sport turlari vakillari Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
«Ular ichidan yengil atletika va dzyudo termalari ayniqsa kuchli tarkibga ega», - dedi MOQ rasmiysi.
Mavzuga oid
18:40 / 06.02.2026
MOQ raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar yuborilayotgani aniqlandi
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
22:14 / 31.10.2025