Yaşaş uçun mamlakatni tanlaşda juda boy tadbirkorlar birinçi navbatda past soliqlarga emas, balki yuqori darajadagi xavfsizlik, past korrupsiya va tengsizlikka e'tibor qaratadi. Regressiv tahlildan foydalangan holda modellaştiriş jarayonida olingan bunday taxminlar Rossiya Fanlar akademiyasining Markaziy iqtisodiyot va matematika instituti boş ilmiy xodimi Vladimir Popovning işida mavjud.
Öz işlarida Popov Forbes milliarderlar global reytingi, körib çiqilayotgan mamlakatlardagi YaIM hajmi, Butunjahon baxt reytingi, daromadlarni taqsimlaş, şuningdek, qotilliklar darajasiga tayangan.
Agar soliqlar stavkasi va superboylarning soni örtasidagi boğliqlik mavjud bölsa, unda unçalik muhim emas, deya ta'kidlaydi Popov. Hayot xavfsizligi va sifati muhimroq örin tutadi, bu körsatkiçlar katta soliqlarga ega mamlakatlarda yuqori. Popovning ta'kidlaşiça, boylik qonunçilikdagi böşliqlar tufayli mijozlar uçun past yoki nol soliq stavkalarini ta'minlab berişi mumkin bölgan mutaxassislarni yollaş imkonini beradi.
Milliarderlar past yoki nol stavkadagi soliqqa ega mamlakatlar fuqaroligini olişga tayyor ekanligi mantiqan töğri, deb yozadi iqtisodçi. Bu, masalan, Gernsi, Gonkong, Monako va Lixtenşteyn kabi soliqlar böyiça juda ajoyib davlatlarda kuzatiladi. Biroq, past yoki nol soliq stavkasi bölgan Bahrayn, Kuvayt, Ummon, Qatar va Birlaşgan Arab Amirliklarida milliarderlar soni, stavka darajasi böyiça yetakçi-davlatlar - Daniya, Germaniya, Irlandiya, va Şvetsiyadan ança kamdir.
Popovning yana bir xulosasiga köra, milliarderlar daromadlardagi tengsizlik darajasi past bölgan davlatlarni afzal köradi. Daromadlar piramidasining yuqori qismida tengsizlikni oşiruvçi milliarderlarning mavjudligi, Jini koeffitsiyenti asosida uy xöjaligi namunalari böyiça ölçangan daromadlardagi umumiy tengsizlikni oşirmaydi.
Regression tahlillar şuni körsatadiki, milliarderlar eng baxtli mamlakatlarga - hayot sifati yuqori bölgan joylarga intiladi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan e'lon qilinadigan Butunjahon baxt reytingining yuqori qismida sönggi yillarda Skandinaviya mamlakatlari (Daniya, Norvegiya va Şvetsiya), şuningdek, Finlyandiya, Islandiya, Niderlandiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Isroil mavjud. Reyting pastida - Burundi, Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Sudan, Tanzaniya, Yaman, Ruanda, Suriya, Liberiya, Gaiti, Malavi, Botsvana va Afğoniston.
Popovning sözlariga qaraganda, Gernsi, Lixtenştey va Monako kabi kiçik davlatlarda baxt darajasi baholanmaydi, biroq baxt darajasi töğrisidagi ma'lumotlar mavjud bölgan 150dan ortiq mamlakat misolida baxt darajasi va milliarderlarning soni örtasida boğliqlik bor. Statistik ma'lumotlarga köra, milliarderlar hayot davomiyligi yuqori, korrupsiya darajasi past bölgan mamlakatlarni tanlaydilar.

















