Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik joriy qilish taklif qilinmoqda
Foto: Fotolia
Jamoaviy murojaatlar portali — meningfikrim.uz’da «Ommaviy axborot vositalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlikni belgilash haqida»gi petitsiya joylashtirildi.
«Bugungi kunda mamlakatimizda chuqur demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda. Demokratiyaning asosiy elementlaridan biri bu ommaviy axborot vositalari erkinligi va ular huquqlarining qonun bilan kafolatlanganligi hisoblanadi. Demokratik islohotlarni yanada mustahkamlash maqsadida ommaviy axborot vositalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik joriy qilishni taklif qilamiz», — deyiladi petitsiya muallifi Salomat Sirg‘aboyev tomonidan joylashtirilgan jamoaviy murojaat matnida.
Jamoaviy murojaatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish zarur. Zero, bugungi islohotlar davrida so‘z va matbuot erkinligining ta'minlanishi davlat va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni, barqaror taraqqiyot va xalq farovonligini ta'minlashda muhim qadam bo‘ladi.
Ayni paytda petitsiya 50 tacha ovoz to‘plagan. U ko‘rib chiqilishi uchun 10 mingta ovoz to‘plashi kerak. Mazkur petitsiyaga ovoz berish uchun ushbu manzilga o‘ting.
Mavzuga oid
11:32 / 20.04.2026
Voyaga yetmaganlar xavfsizligiga doir yangi huquqiy normalar joriy etildi
09:02 / 28.03.2026
Chiqindilarni noqonuniy olib ketish uchun javobgarlik belgilandi
10:53 / 12.03.2026
Elektr va gazga noqonuniy ulanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
09:30 / 04.03.2026