O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda 2018 yil 1 sentabrga qadar muddatda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimining boshlang‘ich versiyasini ishlab chiqadi. Bu prezidentning “Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra 2019 yil 1 yanvardan uning quyidagilarga imkon beruvchi to‘liq versiyasi ishga tushiriladi: 

a) vakolatli organga: 

nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarida tekshiruvlarni o‘tkazish yuzasidan qabul qilingan qarorlarning asosliligini o‘rganish va tekshiruvlarni o‘tkazishga noyob kod bilan ruxsat berish; 

nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tekshiruvlar o‘tkazish tartibiga rioya etilayotganligi ustidan nazoratni amalga oshirish; 

b) nazorat qiluvchi organlarga o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalarini kiritish; 

v) tadbirkorlik sub'yektlariga o‘z so‘rovlariga ko‘ra o‘tkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida hamda real vaqt rejimida Internet tarmog‘i orqali olish.