Germaniyaning Gessen federal yeri sud qaroriga köra yerida Rim imperiyasi davriga tegişli noyob topilma uçun fermerga 773 ming yevro tölab beradigan böldi.
Ma'lum qilinişiça, arxeologlar 2009 yilda Lanau şahridan bölgan fermer yerida miloddan avvalgi I asrga tegişli otlar haykalining bir qismi bölgan bronzadan işlangan ot boşini aniqlaşgan. Qonunga köra, yer egasi topilma qiymatining yarmiga da'vogarlik qilişi mumkin bölgan. Biroq tomonlar topilmaning narxi böyiça kelişa olişmagan. Gessen hukumati fermerga 48 ming yevro tölaşni rejalaştirgan, biroq fermer kattaroq summaga umid qilgan.
Natijada Limburg şahri sudi uşbu masalani hal qiliş uçun ekspertni jalb qilgan. Ekspert qadimiy topilmani 1,6 mln yevroga baholagan. Sud şunga asoslanib tegişli qaror çiqargan. Biroq Gessen fan vazirligi sud qarori böyiça federal yer oliy sudida bahslaşişini ma'lum qilgan.

















