Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi mamlakatga taşrif buyuruvçi xorijiy fuqarolarga elektron viza xizmatini taqdim etiş ustida işlamoqda. 

«Kazinform» xabariga köra, elektron viza ayni paytda iş, sayyohlik yoki davolaniş uçun Qozoğistonga kelayotgan mehmonlarga taqdim etilişi közda tutilgan. 

Qayd etilişiça, elektron viza egasi Olmaota yoki Ostona şahridagi xalqaro aeroportlarda röyxatga qöyiladi. 

«Loyihani muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun xorijiy fuqaroga Qozoğistonga taşrif buyurişi uçun yuboriladigan taklifnoma, viza beriş tartibi, uning mamlakatda bölişi va çiqib ketiş qoidalari soddalaştirilmoqda», deyiladi taşqi siyosiy mahkama axborotida. 

Şu yilning iyul oyida Özbekistonga kiriş elektron viza tartibi joriy qilingan bölib, şunday vizani oliş uçun  murojaat qilgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari soni 23 iyul holatiga köra, ya'ni tizim işga tuşgan vaqtdan boşlab bir hafta içida 1000 nafardan oşdi.​