Voqealar rivoji

Oliy ta'lim muassasalarida tölov-kontrakt narxlari oşirilgani ma'lum bölgaç, kontrakt summasini ozaytiriş evaziga stipendiyadan voz keçiş mavzusi atrofida juda köp va xöb muhokamalar böldi, hozir ham davom etmoqda.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Abduraşid Abduqodirov va Rasul Kuşerbayev oliy ta'lim muassasalarida öqiş uçun kontrakt tölovi miqdorini pasaytiriş böyiça takliflar bilan çiqiş qildi. Bunda deputatlar Özbekistonda tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt joriy etişni taklif qilişdi, ya'ni baland ball bilan kirganlar kamroq, past ball bilan kirganlar köproq kontrakt tölaydi.

Şundan söng, Oliy ta'lim vazirligi kontrakt narxlari oşganiga izoh berdi. Vazirlikning aytişiça, hozirda Özbekistonda bir talabani öqitişning örtaça xarajati 10,5 million söm, şundan 45—80 foiz (5,6 million — 7,5 million söm)i talabaning öziga stipendiya sifatida qaytarib beriladi.

Mazkur bayonot berilgandan söng, ijtimoiy tarmoqlarda juda köpçilik stipendiyani bekor qilib, kontrakt narxini pasaytirişni sörab fikrlar qoldira boşladi. Xususan, «Troll.uz» loyihasi muallifi Umid Ğofurov ham xuddi şu taklif bilan çiqdi va öz fikrini yetarliça asoslaşga ham harakat qildi.

Keyin voqealar rivoji yanada qiziqarli tus oldi. Vazirlik yana bir bor uşbu çaqiriqlarga javob qaytardi. Bu safar Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov «Gazeta.uz» naşriga bergan intervyusida stipendiya aslida talabaning ijtimoiy muhofazasi ekanligi, talabalarning 70 foizi stipendiyalarning bekor qilinişiga qarşi çiqişi, uşbu masala böyiça yakdil bir qaror qabul qiliş qiyinligi haqida fikr bildirdi.

Biroq vazir uşbu raqamlarni aynan qayerdan olganiga aniqlik kiritmagan. Ya'ni 70% raqami qayerdan keldi, biror tadqiqot yoki sörovnoma ötkazilganmi? Ötkazilgan bölsa, qaçon va unda qança talaba qatnaşgan? Ular faqat kontraktda öqiydigan talabalarmidi yoxud davlat grantida öqiydiganlar ham ovoz berganmi, ular 100% qarşi çiqişi aniq. Hozirça bu savollarga javob yöq.

Sörovnoma ötkazildi