Özbekiston terma jamoasi yarimhimoyaçisi Sanjar Tursunov faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi.
Championat.asia xabariga köra, Qatarning «Al-Xaraytiyat» klubidan ketgan Tursunov «Tedjon Sitizen» bilan kelişuvga erişdi.
Koreyaning K2 ligasida iştirok etadigan bu klubda özbekistonlik Şohruh Gadoyev ham faoliyat olib bormoqda.
Ayni paytda «Tedjon» 20ta turdan söng 22 oçko bilan 10ta jamoa orasida 9-örinda bormoqda.

















