O‘zbekistonliklarning birinchi guruhi Haj ziyoratini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Hajga borishni orzu qilib, Makkai mukarama va Madinai munavvaraga qadami yetishini diliga tugib olgan, hajga boruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan kunidanoq qalblaridagi muhabbati yana-da ziyoda bo‘lib, kuchli hayajon bilan ulug‘ ibodatga tayyorlanib, kecha-yu kunduz zikr bilan mashg‘ul bo‘lgan ixlosi cheksiz vatandoshlarimizning birinchi guruhibugun tongda Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.
Saudiyaga bir necha kun oldin yetib borgan ishchi guruhi hojilarimizni kutib olish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib qo‘ygan. Hojilarimizga hashamatli mehmonxona, eng qulay sharoitlar, iste'mollari uchun turli vaqtlarda tayyorlanadigan pokiza va lazzatli taomlar, boradigan manzillariga yetkazib qo‘yuvchi salqin avtobuslar, o‘zini rohatsiz sezib qolgudek bo‘lganlarga malakali tibbiy xizmatlar, boringki, ularning nima ehtiyoji bo‘ladigan bo‘lsa, hammasi a'lo darajada muhayyo qilingan.
O‘zbekistonlik hojilarga shunday sharoitlar muhayyo qilinganki, ular hech narsaga chalg‘imaydi, hech narsa haqida o‘ylamaydi, hech narsadan xavotirga tushmaydi, faqat ibodat qiladi, ibodatning lazzatini his qiladi. Haj amalini bu qadar qulay sharoitlarda bajarish ne-ne shavkatli zotlarning orzusi bo‘lib kelganini tasavvur qilishning o‘ziyoq bizning vatandoshlarimizning tolei qanchalik balandligiga dalolat qiladi.
Hojilarimizni – otaxon-u onaxonlarimizni, aka-ukalarimizni, opa-singillarimizni o‘z bag‘riga joylab havoga ko‘tarilgan ulkan havo laynerining ortidan qarab, qo‘llarimizni duoga ochib ularning haqqiga duolar qilib qoldik: Yo‘llaringiz ochiq va oydin, ibodatlaringiz maqbulu manzur bo‘lsin! Hajingiz muborak, aziz yurtdoshlar!
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

20:31 / 31.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi

07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

16:20 / 26.05.2025
«Samolyotga chiqishi bilan uyquga ketgan va uyg‘onmagan» – Madinada vafot etgan o‘zbekistonlik imom haqida ma’lumot berildi

10:59 / 26.05.2025