O‘zbekiston | 13:10 / 01.08.2018
8880
2 daqiqa o‘qiladi

XVJ: «O‘zbekiston energiya tashuvchilar narxini oshirishi kerak»

Foto: RBK

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ekspertlarining fikricha, hukumat energiya tashuvchilarga tariflar va narxlarni xarajatlarni qoplash darajasiga yaqinlashtirishi kerak.

Matnda aytilishicha, davlat korxonalari mamlakat iqtisodiyotining negizi bo‘lib qolmoqda, ammo o‘z faoliyatiga tahdid soluvchi turli muammolarga duch kelmoqda.

Ulardan biri shundaki, kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi va energiya tashuvchilarni ishlab chiqaruvchi davlat korxonalari foydalanilayotgan resurslarga xarajatlarning o‘sishi bilan bog‘liq katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda, hamda davlat korxonalarining bu holati o‘z faoliyati samarasiz amaliyotlari tufayli yanada chuqurlashyapti.

Shu bilan birga, kommunal xizmatlar va energiya tashuvchilarning tartibga solinuvchi narxlari resurslar taqchilligi kelib chiqishga ko‘rsatuvchi narxlar bo‘yicha signal funksiyasini buzadi.

Narxlarni oshirish orqali muammolarni hal qilish mumkin. O‘tgan yildan beri aholi uchun energiya tashuvchilar narxi sezilarli darajada oshirildi, biroq narxlar o‘sishi faqat kompaniyalarga import qilinadigan xomashyoga xarajatlarni qoplash imkonini berdi.

«Xarajatlar qoplanishini ta'minlaydigan tariflar va narxlar o‘rtasidagi farqni to‘g‘ri baholash uchun, xarajatlar haqidagi aniqroq ma'lumotlar kerak. Bu va boshqa noaniqliklar tariflarning bosqichma-bosqich oshirilishi lozimligini anglatadi», - deyiladi xabarda. 

Mutaxassislarning fikricha, tariflarning bunday bosqichma-bosqich o‘sishi 2018-2019 yillarda qo‘shma inflyatsiya ko‘rsatkichiga taxminan 4 foiz punktini qo‘shadi. 

Mavzuga oid