Mustaqil terrolog-analitik Said-Abdulaziz Yusupov muallifligida «Oq va qora» körsatuvining navbatdagi sonida partiyalarning bugungi kundagi holati, ularning davlatçilik va taraqqiyotga ta'siri haqida söz yuritiladi.

Biz bugun kuçli davlat quriş yölida mujodala beryapmiz, harakat qilyapmiz. Kuçli davlat barpo qilişimiz uçun har birimiz harakat qilişimiz kerakligi haqida qayta-qayta söz yurityapmiz. Bular haqida eslatyapmiz, iltimos qilyapmiz. Ammo butun boşli bir xalq harakatini, butun boşli millat harakatini körolmayapmiz. Albatta, buning öziga xos sabablari bor.

Bir misol keltiraman: falsafaning tagida asl haqiqat yotgani kabi huquqning tagida isbot yotadi. Siyosatning tagida esa işonç yotadi. Bu juda muhim narsa. Va eng parodaksal nuqta şuki, agar xalqda işonç bölsa, u na isbot talab qiladi va na boşqa haqiqat izlaydi. Işonç barça narsaning örnini egallab ketadi. 

Aytmoqçi bölgan narsamiz şundan iboratki, xalqning işonçini şakllantiradigan eng kuçli mexanizmlardan biri bu – partiyalardir. Bugun partiyalar prezidentga yetarliça dastak böla olmayapti. Partiya sifatida ularning faoliyati mutlaqo körinmayapti. Mayda-mayda işlar, biz nimadir qilyapmiz, degan taskinlar öz-özini aldaşdan boşqa narsa emas. Prezident katta bir davlatni boşqarişda mana şularga suyanişi kerak va bu suyanç mustahkam bölmoği darkor.

XXI asrning, huquqiy demokratik davlatning talabi şundan iboratki, muammolarni bartaraf etiş bilan birga, uning sabablari bilan ham kuraşişimiz kerak. Masalan, Özbekistonga investitsiya kerak. Xorijdagi elçixonalarimiz turli yiğiliş va marosimlarda mamlakat haqida umumiy gaplar aytişadi. Bir viloyat miqyosida olib qaraylik: 10 ming dollardan 150 million dollargaça bölgan neçta investitsiya loyihasi bor? Şularning barini, bitta viloyat doirasida yagona katologga birlaştirsa böladi-ku?

Bunday işlarda ham partiyalarning örni, roli bölişi kerak. Investor keldimi qöliga aniq biznes plan tutqaziş lozim. Pul tikayotgan sarmoyador pulini qayerga qöyayotgani va qança muddatdan keyin foyda olişi mumkinligi haqida aniq tasavvurga ega bölmasa, özimiz işonib aytayotgan buyuk kelajak haqidagi sözlar ular uçun çöpçakka aylanadi.

Mana şu taşabbuslarni, mana şu jasoratlarni partiyalarimiz, hokimlarimiz körsatişi kerak. Bizga yangiça ğoya kerak, yangiça işlaş uslubi kerak. Xöş, nimaga? Çunki butun boşli mamlakat prezidenti faqatgina millatiga, xalqiga, Xudoning irodasiga suyanibgina mamlakatni taraqqiyotning yangi bosqiçiga olib çiqyapti. Yangiça fikrlaş, yangiça işlaş, yangiça tafakkur tarzi talab etilmoqda. Bu juda muhim. Partiyalar jonlansin, partiyalar kuçli bölsin. Agar ularda şu xususiyatlar bölsa, prezident kuçli böladi. Prezident kuçli bölsa davlat kuçli böladi. Agar davlat kuçli bölsa, sizu bizning, farzandlarimizning kelajagi kafolat ostida böladi.