2021 yil oktabr oyida bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş bilan boğliq xarajatlarni moliyalaştiriş maqsadida Markaziy saylov komissiyasiga ajratiladigan mablağlarning çeklangan miqdori 300 milliard söm etib belgilandi. Bu haqda MSKning 16 iyun kuni bölib ötgan navbatdagi majlisida ma'lum qilindi.

Uşbu mablağ hisobiga Saylov kodeksi hamda xalqaro saylov standartlari talablaridan kelib çiqqan holda, prezidentlik sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş jarayonida mablağ talab etiladigan barça jihatlar hisobga olindi.

Jumladan, 14ta okrug saylov komissiyasining har biriga 56 million 991 ming sömdan, şuningdek, qariyb 10 800ta uçastka saylov komissiyasining har biriga 11 million 813 ming sömdan mablağ ajratiş rejalaştirilgan.

Okrug va uçastka saylov komissiyalari uçun ajratilayotgan uşbu mablağlarning 80 foizdan köproği mazkur komissiyalar a'zolarining iş haqi, kompensatsiya hamda yagona ijtimoiy tölovlar uçun sarflanadi.

Şuningdek, saylov komissiyalari a'zolari malakasini oşiriş böyiça trenerlar va öquv maşğulotlari uçun 18,4 milliard söm ajratilişi rejalaştirilgan. Uşbu mablağning 92 foizi trenerlar va monitoring guruhi a'zolarining iş haqini taşkil etadi.

Şuningdek, saylov va referendumni taşkil etiş hamda ötkaziş sohasidagi huquqbuzarliklar töğrisidagi işlar ilgari ma'muriy sudlar tomonidan körib çiqilgan bölsa, bundan buyon jinoyat işlari böyiça tuman, şahar sudlari tomonidan körib çiqilişi böyiça Markaziy saylov komissiyasining tegişli qarori qabul qilindi.

Saylovda iştirok etadigan siyosiy partiyalarni moliyalaştiriş uçun, ya'ni umumpartiyaviy tadbirlar va siyosiy partiya tomonidan körsatilgan nomzodlarning saylovoldi taşviqoti va tarğibot işlarini amalga oşiriş xarajatlari uçun – 15 milliard 486 million söm mablağ yönaltirilişi közda tutilgan. Bunda har bir siyosiy partiya tomonidan körsatilgan nomzod uçun 3 milliard 97 million söm töğri kelmoqda.