2024 yil 27 oktyabr kuni Özbekistonda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy kengaşlari uçun saylovlar bölib ötadi. Markaziy saylov komissiyasining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, ötkaziladigan saylovlarning muhim jarayonlaridan biri – siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni qöllab-quvvatlovçilar imzolarini töplaş jarayoni nihoyasiga yetgan.

Saylov kodeksining 68-moddasiga köra, siyosiy partiya saylovda öz iştirokini qöllab-quvvatlovçi kamida 40 ming vakilning imzosini töplagan taqdirda deputatlikka nomzod körsatişi mumkin.

Markaziy saylov komissiyasining 26 iyuldagi tegişli qarori bilan tasdiqlangan saylovlarni ötkaziş kalendar rejasiga muvofiq, siyosiy partiyalar tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topşirişning sönggi muddati 17 avgust hisoblanadi.

Imzo töplaşda beş partiya – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi, Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Özbekiston Ekologik partiyasi iştirok etdi.

Korxonalar va taşkilotlar, boğlar-u bozorlar, şuningdek, odam gavjum bölgan boşqa jamoat joylarida imzolar töplandi. Bu safar tanlangan joylar yanada köproq odamlar saylovning uşbu bosqiçi haqida xabardor bölişi va bevosita imzo töplaş jarayonlarida özlari iştirok etişlari uçun imkoniyat yaratib berdi.

Gavjum joylarda axborot stendlari va plakatlar örnatilgan hamda xohlovçilarga vizual tarzda tayyorlangan tarqatma materiallarni ham oliş imkoniyati taqdim etilgan. Şuningdek, fuqarolar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişlari, u yoki bu partiya uçun öz imzosini qoldirişlari mumkin bölgan.

Özbekiston Liberal-demkratik partiyasi

Markaziy saylov komissiyasiga köra, imzo töplaş nomzodlar va saylovçilar örtasida “boğlovçi böğin” vazifasini ötovçi muhim jarayon hisoblanadi. Asosiysi, fuqarolar siyosiy partiyalarning maqsad va vazifalari, qadriyatlari töğrisida tasavvur hosil qiladilar.

“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi

Qolaversa, bu jarayonda elektoratning qöllab-quvvatlaşi muhim hisoblanadi. Imzolarni yiğiş şunçaki rasmiyatçilik emas, balki fuqarolarning işonçini va xayrihohligini ifoda etişidir.