Özbekistonda birinçi jahon andozalariga mos keluvçi «Amirsoy» toğ-çanği kurorti dekabr oyida ilk mehmonlarni qabul qiladi. Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov KUN.UZ'ga şu haqida ma'lum qildi.

«Amirsoy» toğ-çanği kurorti Toşkent viloyati, Böstonliq tumanidagi 900 ga maydonni egallab, turli murakkablikdagi toğ-çanği qorli trassalari tarmoğini yaratişni közda tutmoqda. Trassalarning umumiy uzunligi 21,3 km bölib, şuningdek 7 osma dor yöli (kanat), snoubord parki, sport maktabi va boşqa kurort infratuzilmasi yaratilişi rejalaştirilgan. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 100 million yevrodan ortiqni taşkil qilmoqda.

Joriy yilning dekabr oyida ekspluatatsiyaga topşirilişi rejalaştirilayotgan birinçi bosqiç 3 km'dan ortiq ikki osma dor yöli, umumiy uzunligi 12,3 km'ga teng 13 toğ-çanği trassasi, ikki sun'iy köl, vertolyot maydoni, sun'iy qor hosil qiluvçi tizimlar, qişki tyubing, 21 tuzilmadan iborat şaharça, ikki restoran, instruktorlik maktabi, toğ-çanği jihozlari ijara punktlarini öz içiga olgan köp funksiyali markaz va boşqa muhandislik-kommunikatsion inşootlarining qurilişini nazarda tutadi.

Yuqoridagi maqsadlar uçun 30 million yevroga yaqin mablağ yönaltirilgan. Toğ-çanği kurorti faoliyati uçun 300 dan ortiq işçi örinlarini yaratiş rejalaştirilgan.

Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov toğ-çanği kurorti quriliş maydonini közdan keçiriş vaqtida osma dor yöllarini yaratiş böyiça jahon yetakçisi hisoblangan Avstriyaning Doppelmayer kompaniyasi vakillari kurortning yuqori çöqqisigaça çözilgan texnologik yöl (2292 m)ni namoyiş etişdi. Ikki kanat yölining test sinovlari joriy yilning oktabr oyiga möljallangan.

Bundan taşqari, boş vazir örinbosarining quriliş maydoniga taşrifi davomida ekspluatatsiyaga tuşirilişi kutilayotgan ilk quriliş bosqiçi uçun tezkor yeçimlarni talab qiluvçi muammoli masalalar muhokama qilindi.
















