Facebook kompaniyasining axborot xavfsizligi yönalişi rahbari Aleks Stamos 17 avgust kuni öz lavozimini tark etişi haqida xabar berdi.

«17 avgust kuni Facebook’dagi oxirgi iş kunim böladi. Garçi döstlarim bilan yonma-yon işlaş imkonidan mahrum bölsam-da, juda köp sadoqatli, ğayratli va malakali insonlar bu barça muammolarni hal qilişda davom etayotganidan xursandman», - deya yozgan Stamos çorşanba kuni Facebook’dagi öz sahifasida. 

Mart oyida The New York Times gazetasi Stamos AQŞdagi saylovlarga Rossiya aralaşuvi böyiça ma'lumotni kengroq oçib beriş tarafdori bölgani haqida xabar bergandi. Bu taşabbus uning hamkasblarining qarşiligiga duç keldi.

27 iyul kuni kompaniyani boş yuriskonsult Kolin Stretç tark etdi. Stamosning ketişi sönggi bir neça hafta içida yuqori lavozimli amaldorning uçinçi iste'fosi böldi. The Wall Street Journal gazetasi ma'lumotiga köra, iyun oyida içki siyosat va kommunikatsiyalar böyiça boş direktor Eliot Şrage kompaniyadan ketişini e'lon qildi.