Buxoro viloyatining Peşku tumanida – buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tuğilgan Afşona qişloğida yirik majmua barpo etiladi.

ÖzA xabariga köra, allomaning boy merosini namoyiş etiş, odamlarni soğlom turmuş tarziga undaş, hududga sayyohlar oqimini köpaytirişga xizmat qiladigan yirik obekt barpo etiş közda tutilgan. 

Umumiy maydoni 5 gektardan iborat majmuadagi har bir obekt öziga xos böladi. Ayniqsa, kattagina örin egallaydigan Xalq tabobati markazida buğli effektga ega toş hammom, oyoq kasalliklariga qarşi yaxşi naf beradigan sandal, zuluk oliş, uqalaş xizmatlari taşkil etiladi. Şifobaxş giyohlarga töyingan çorva mollari sutidan qatiq, qaymoq va meva-sabzavot şarbatlari, şuningdek, giyoh va dukkakli don damlamalari tayyorlanadi. Bemorlar asal, tuz, ösimlik moyi bilan muolaja olib, toza havoda sayr qiladi. 

Hududda barpo qilinadigan ekoboğ ham mehmonlar e'tiborini tortişi şubhasiz. Bu yerda Abu Ali ibn Sino tomonidan xususiyatlari alohida ta'riflangan örik, yonğoq, anjir, jiyda kabi mevali daraxtlar hamda xuşböy gullar parvariş qilinadi. Boğ hududida ot va tuyalarda sayr qiliş imkoniyati yaratiladi. Negaki, bu jonivorlarni minib sayr qiliş salomatlik uçun foydali. 

Majmuada buyuk hakimning ilmiy asarlari, qölyozmalari, qöllanma va risolalari burçagi taşkil etiladi. Dorivor giyohlar savdosi yölga qöyiladi. 

Majmuaga taşrif buyuruvçilar oqimi köpayişi bilan boşqa qulayliklar ham yaratiladi. Masalan, kamida 100 örinli tört yulduzli mehmonxona quriladi. Badminton, stol tennisi maydonçalari mehmonlar xizmatida böladi.

Yana bir muhim jihati, Afşonaga keluvçilar uçun arzon va qulay avia, temiryöl hamda avtobus qatnovlari yölga qöyiladi. Ayni paytda majmuaga eltuvçi yöllar, jumladan, qöşni Vobkent tumani orqali boriladigan yöllar ta'mirlanadi. Bu boradagi bunyodkorlik işlariga joriy yil sentabr oyidan kirişiladi. 

– Majmuada Abu Ali ibn Sinoning hayoti, ijodi va faoliyatini tarğib qiliş maqsadida olimlar iştirokida seminarlar, uçraşuvlar va davra suhbatlari ötkaziladi, – deydi Peşku tumani hokimining investitsiya va turizm masalalari böyiça örinbosari Şohrux Omonov. – Şuningdek, yurtimizdagi tibbiyot muassasalari xodimlarining majmua va uning yaqinidagi buyuk hakim memorial muzeyiga sayohati yölga qöyiladi. Bu yerda tibbiyot kollejlari bitiruvçilarining Abu Ali ibn Sino qasamyodini qabul qiliş marosimi an'anaviy maqomga ega böladi. Tibbiyot yönalişidagi oliy öquv yurtlari talabalari va kollejlar öquvçilari örtasida taşkil etiladigan “Abu Ali ibn Sino izdoşlari” respublika körik-tanlovi ğoliblari ham uşbu majmuada taqdirlanadi.