Buxoro viloyatining Peşku tumani özining patirlari bilan maşhur. Bundan 1-2 yilça oldin ayollar asosan uylarida patir yopgan bölsa, hozir tandirlar köçalarga köçgan. Şunday patirxonalardan birini 35 yoşlar atrofidagi Dilfuza ham ijaraga olgan. Ayol azonlab turib, xamir qoradi, ertalab soat 8-9 gaça patirlar tandirdan uziladi. Iş, öqiş, maktabga ketiş oldidan odamlar patirxonaga yuguradi.

Buxoro viloyatining Peşku tumani markaziga kirib boraverişingiz bilan yöl çekkasida qurilgan tandirlar körinadi. Bu tuman özining patirlari bilan tanilgan. Tandirlar yonida kuymalanib yurgan ayollarga közingiz tuşadi. Bundan 1-2 yilça oldin ayollar asosan uylarida patir yopgan bölsa, hozir tandirlar köçalarda va bu biznesga aylanib ham ulgurdi. Uyda patir yopiş bir ayolning 1 kunini oladi. Hozir esa ayollarning işi yengillaşgan. Tayyor patirlar köçada sotiladi. Tumandagilaring aytişiça, sotiladigan patirlarining mazasi ham uyda pişiriladigandan kam emas.

Tuman markazining özida 10 ga yaqin patirxonalar oçilgan. Şunday patirxonalardan birini Dilfuza ham ijaraga olgan. Ayol azonlab turib, patir qoradi, ertalab soat 8-9 gaça patirlar tandirdan uziladi. Iş, öqiş, maktabga ketiş oldidan odamlar patirxonaga yuguradi. Patirlar donasi 15 ming sömdan. Töğri, bu tuman aholisi daromadi uçun biroz qimmatlik qilişi mumkin. Lekin Dilfuzaning aytişiça, patirlar keçgaça qolmay sotilib ketadi.

“Bir kunda 50-60 donagaça patir pişiramiz. Uning yonida non ham pişiramiz. Patirlar köproq sotiladi. Çunki ertalab köp oilalarda şirçoy pişadi. Bizda şirçoyni patir bilan yeyiş an’anaga aylangan”, – deydi ayol.

Dilfuza oldin patirçi ayollar bilan işlagan. Işni yaxşi örganib, keyin özi ham patirxona oçişga qaror qilgan.

“Özimning ham şaxsiy patirxonam bölişini orzu qilardim. Qişloğimizdagi patirxonani ijaraga olib, iş boşladim. Men bilan yana 2 kişi işlaydi. Ularga kunlik 40-50 ming sömdan tölayman. Bahonada ular ham band böladi, ham pul işlaydi”, – deydi Dilfuza.

Ayol tumandagi patirlar nega maşhurligi haqida ham gapirib ötdi. Uning aytişiça, yoğlanişi va köp dam oldirib tayyorlanişi patirlar mazasini takrorlanmas qilgan.

“Patirlar qorilganidan keyin biroz dam oladi, keyin 1 kilogrammli mayda zuvalalarga bölinadi. Yana dam oldiriladi. Keyin mayin qilib yoyib, ularga moy suriladi. Şundan keyin yana dam oldiriladi. Keyin tandirga siğadigan hajmda aylana qilib yoyilib, yana dam olişga qöyiladi. Keyin yopişga tayyorlanadi. Ungaça tandir qizib turadi