Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklari ularning Qatarga bostirib kiriş va Dohani egallab oliş rejalariga xalaqit bergani uçun Reks Tillersonning AQŞ davlat kotibi lavozimidan ketişiga erişgan. Bu haqda The Intercept portali xabar berdi.

Portal manbalarining ma'lumotlariga köra, Tillerson 2017 yil yozida Ar-Riyod va Abu-Dabini hujum qiliş va vaziyatni keskinlaştirişdan qaytariş uçun bir neça bor qönğiroq qilgan. U şuningdek Pentagon rahbari Jyeyms Mettisga Saudiya va BAAdagi hamkasblariga qönğiroq qiliş va ularni Qatarga qarşi harbiy kuç işlatiş oqibatlaridan ogohlantirişni tavsiya qilgan.

Portalning yozişiça, Tillerson Qatarga qarşi harbiy operatsiya ötkazilişi rejasidan Qatar hukumati orqali xabardor bölgan.

Ar-Riyod va Abu-Dabi davlat kotibining aralaşuvidan ğazablangan va Tillersonning iste'fosiga erişiş uçun AQŞ prezidenti Donald Trampga ta'sir ötkazişga uringan.

Portalning yozişiça, uning iste'foga çiqarilişida amerikalik tadbirkor Jorj Nader va Respublikaçilar partiyasining yirik donori Elliott Broydi muhim rol öynaşgan. Ular Tramp bilan tanişligidan foydalanib unga Tillersonni böşatiş hamda taşqi siyosatni Saudiya Arabistoni va BAA manfaatlari yölida olib borişni maslahat berişgan. 

2017 yil yozda Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Dohani terrorçilikni qöllab-quvvatlaş hamda ularning içki işlariga aralaşişda ayblab Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzişganini ma'lum qilgandi. Buning ortidan amirlikka nisbatan iqtisodiy sanksiyalar va transport qamali joriy etildi.