Samarqand şahrida şu yil 14 iyul kuni noma'lum şaxs “Dahbedi” MFYda joylaşgan “Şodiyona” savdo majmuasi oldida qarovsiz qoldirilgan Samarqand tumanida yaşovçi U.K.ga tegişli kul rang “Neksiya” rusumli avtomaşinasini haydab qoçgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Jomboy tumanida yaşovçi Ğ.X. sodir etganligi aniqlanib, uning yaşaş uyidan “Neksiya” avtomaşinasi texnik soz holda topilgan. 

Şuningdek, olib borilgan suriştiruv işlari natijasida şu yil 26 iyul kuni Samarqand şahri “Şodiyona” savdo majmuasi oldida qarovsiz qoldirilgan fuqaro Z.B.ga tegişli bölgan yana bir “Neksiya” rusumli avtomaşinasini ham Ğ.X. haydab qoçgani ma'lum bölgan va uşbu “Neksiya” ham uning yaşaş uyidan texnik soz holda topilgan. 

“Şu örinda, öz fuqarolik burçini bajarib, mazkur öğirlik yuzasidan içki işlar organlari xodimlariga xabar bergan yurtdoşlarimizga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz”, - deyiladi IIV xabarida.