Mamlakatimiz zamonaviy tarixida ilk marotaba loyiha boşqaruvi böyiça magistr darajasini qölga kiritiş imkoniyati paydo böldi.

Bugungi kunda amaliyotda loyihalarni amalga oşirişda yuzaga kelayotgan kamçiliklar, xususan istiqbolli yirik loyihalarni aniqlaş va ularni amalga oşiriş, xorijiy zayomlarning samarasiz özlaştirilişi toifali mutaxassislarning, jumladan loyihalarni boşqariş qobiliyatiga ega bölgan boşqaruvçilarning yöqligidan dalolat beradi.

Bundan taşqari, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan bir neça bor mamlakatning rivojlanişi va aholi turmuş şaroitining farovonligini oşirişda muhim örin tutadigan iqtisodiyotning barça jabhalarida loyihalarni samarali amalga oşiriş zarurligi töğrisida ta'kidlanib kelinmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan 2018 yilning sentabr oyidan Loyiha boşqaruvi milliy agentligi huzuridagi Korporativ boşqaruv ilmiy-ta'lim markazida bir yillik “Loyiha boşqaruvi” mutaxassisligi böyiça magistratura yönalişi yölga qöyilmoqda.

Yaqin kungaça respublikamizda tegişli boşqaruvçi öqitadigan va loyiha boşqaruvi sohasi böyiça xalqaro darajadagi sertifikatlarni taqdim qiladigan birorta öquv yurti mavjud emas edi.

“Loyiha boşqaruvi” yönalişi böyiça magistratura dasturi ta'lim jarayonida uşbu sohada sertifikatlangan murabbiylarni, milliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilinadi. Şu bilan birga, ta'lim jarayoni kompetentlilik yondaşuvi asosida olib boriladi, jumladan bilimlarni nafaqat xorijiy tajriba va keng tarqalgan xalqaro standartlar hamda loyiha boşqaruvi metodologiyalariga («PMBOK» va ISO 21500) tayangan holda beriş, balki ularni amaliyotda qöllaş könikmalari va salohiyatli loyiha rahbarlarining şaxsiy fazilatlariga e'tibor qaratiş ham közda tutiladi.

Şunday qilib, bitiruvçilar loyihalarni boşqariş böyiça töliq rejalarni işlab çiqiş, xavflarga javob bera oliş, asoslantirilgan va hisoblab çiqilgan boşqaruv qarorlarini qabul qiliş, loyiha jamoasini şakllantiriş va özaro samarali faoliyatni yölga qöyiş, loyiha boşqaruvi murakkab tizimini samarali taşkil etiş va boşqarişni çuqur örganib oladilar.

Şuni ta'kidlaş joizki, Korporativ boşqaruv ilmiy-ta'lim markazi MBA (Biznesni boşqariş) dasturi böyiça magistrlarni tayyorlaşda olti yildan ortiq tajribaga ega. Uşbu davr mobaynida "Özbekneftgaz" AJ, "Özbekenergo" AJ, "Özbekiston temir yöllari" AJ, "Öztransgaz" AK, "Özsanoatqurilişbank" ATB, "Coca-Cola Içimligi Özbekiston" QK, "Özbekoziqovqatxolding" XK, "GM Uzbekistan" AJ uçun 120 ta magistr tayyorlandi.