Loyiha boşqaruvi milliy agentligining buyruği bilan maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini taşkil etiş faoliyati tartibga solindi, deb yozyapti Norma.
Eslatib ötamiz, davlat xaridlari sohasidagi munosabatlar, ularni ötkaziş şartlari va talablari 9.04.2018 yildagi «Davlat xaridlari töğrisida»gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Maxsus axborot portali operatori – xarid qiliş tartib-taomillari taşkil etilişi va ötkazilişini, portalda e'lonlar, talabnomalar hamda davlat xaridlari va ularning yakunlari töğrisidagi boşqa axborot joylaştirilişini ta'minlovçi yuridik şaxs.
Qanday qilib operator böliş mumkin
Buning uçun yuridik şaxslar Loyiha boşqaruvi milliy agentligiga (bundan keyin – LBMA) quyidagilarni yöllaydilar:
1) ariza;
2) ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovçi hujjatlar, aynan:
• davlat xaridlari töğrisidagi axborotni joylaştirişni va undan foydalanişni, majburiyatlarni hisob-kitob-kliring palatasi orqali bajariş kafolatlarini, davlat xaridlari böyiça statistik ma'lumotlarni qayta işlaşni ta'minlaydigan elektron axborot tizimining mavjudligi;
• elektron tijorat va axborot texnologiyalari sohasida malakali xodimlar mavjudligi;
• portalni respublika hududidagi apparat-texnika vositalarida joylaştiriş;
• ularga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari qöllanilmaganligi;
3) Odob-axloq qoidalari loyihasi. Ular davlat buyurtmaçilari va operator tomonidan manfaatlar qarama-qarşiligining oldini oliş çoralarini, şuningdek tekşiruv tartib-taomillari va kasbiy tayyorgarlikka qöyiladigan talablarni belgilaş uçun qabul qilinadi.
Taqdim etilgan hujjatlarni bir oy örganiş yakunlariga köra LBMA arizani qanoatlantirib, operator funksiyalarini arizaçiga yuklaydi yoxud arizani qanoatlantirişni rad etadi. Operator bilan kelişuv tuziladi, unda buyurtmaçi va iştirokçilardan operator foydasiga olinadigan vositaçilik yiğimi miqdori nazarda tutiladi. Vositaçilik yiğimi miqdori barça operatorlar uçun yagona hisoblanadi.
Operator zimmasiga nimalar yuklatiladi












