Özbekiston loyiha boşqaruvi uyuşmasi (UPMA) Xalqaro loyiha boşqaruvi uyuşmasining a'zosi böldi. Bu loyiha boşqaruvi böyiça özbekistonlik mutaxassislarga xalqaro darajada sertifikatlar beriş imkoniyatini yaratadi.
Şunday qilib, Özbekiston loyiha boşqaruvi uyuşmasi tomonidan beriladigan sertifikatlar butun dunyo böyiça haqiqiy deb hisoblanadi.
«Özbekiston loyiha boşqaruvi uyuşmasi öz taqdimotida biz uçun Özbekistonning beqiyos potensialini oçib berdi. Mamlakatda köplab ijobiy özgarişlar röy beryapti va Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyeyov tomonidan davlat loyihalarini amalga oşirişda loyiha boşqaruvi tizimi joriy etilişining qöllab-quvvatlanayotgani mamlakat iqtisodiyoti jadal sur'atlar bilan ösişini ta'minlaydi», - deya ta'kidlagan IPMA prezidenti Xesus Martines Almela.

Xalqaro loyiha boşqaruvi uyuşmasi (International Project Management Association, IPMA) – 1965 yilda Tsyurix şahrida (Şveytsariya) taşkil topgan notijorat professional uyuşma hisoblanadi va u butun dunyo böyiça loyiha boşqaruvi sohasida (Project Management) mutaxassislarni birlaştiradi.
IPMA’ning asosiy maqsadi butun dunyo miqyosida yaratiş va barpo etişga qaratilgan faoliyatning barça yönalişlari böyiça mutaxassislar, loyiha guruhlar va taşkilotlar vakillarining loyiha boşqaruvi böyiça qobiliyatlarini rivojlantirişga kömaklaşiş ham hisoblanadi.
1995 yildan boşlab IPMA loyiha boşqaruvi sohasidagi mutaxassislarni sertifikatlaştiriş böyiça özining 4 poğonali tizimini rivojlantirib kelyapti. Bugungi kunda IPMA barça mintaqalardagi loyiha boşqaruvi böyiça 70dan köproq milliy uyuşmalarni birlaştiradi.
Özbekiston loyiha boşqaruvi uyuşmasi (Uzbekistan Project Management Association - UPMA) Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika biznes va boşqaruv oliy maktabi va Axborot texnologiyalarini işlab çiqiş va joriy qilişni qöllab-quvvatlaş böyiça «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi tomonidan 2019 yilning yanvar oyida taşkil etilgan.
UPMA’ning missiyasi Özbekistonda loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oşirilişi uçun professional muhit yaratiş va loyiha boşqaruvi sohasida yuqori darajali mutaxassislarni tayyorlaş hisoblanadi.












