YeTTB rahbari Shavkat Mirziyoyevni jahondagi boshqa yetakchilarga namuna qilib ko‘rsatdi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Suma Chakrabartining ma'lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev prezidentlik lavozimini egallaganidan so‘ng boshlagan islohotlarni amalga oshirishga qat'iy qaror qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari «O‘zbekistonni kelajak avlodlarga yashash uchun eng yaxshi joyga aylantirish g‘oyasi va istagiga ega». «Shu bilan birga, u atrofida yaxshi, professional jamoani to‘plamoqda. Bundan tashqari, u nima qilish kerakligini aniq ko‘ryapti. Shu nuqtai nazardan, barcha mamlakatlar rahbarlari uchun o‘z xalqiga haqiqatni aytishlari juda muhimdir. Janob Prezident bu fazilatlarni namoyon etayotgan yetakchi hisoblanadi», - dedi Chakrabarti O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
YeTTB rahbari ta'kidlaganidek, boshqa mamlakatlar misolida islohotlar doimo silliq kechmasligini ko‘rish mumkin, biroq O‘zbekiston prezidentini ularni amalga oshirishga «qat'iy kirishgan».
«Bir tizimdan boshqasiga o‘tish jarayonida odamlarning mentaliteti, biznes-muhit o‘zgaradi... Shu nuqtai nazardan, Shavkat Mirziyoyevning buni his etishi, bu narsani real hayotda amalga oshirish bo‘yicha uning jasorati sezilyapti», - deya ta'kidlab o‘tdi Chakrabarti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeTTB rahbari bankning O‘zbekistonga bo‘lgan «jiddiy darajadagi» ishonchi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin
12:53 / 27.11.2024
DTEK YeTTBning kompaniyani moliyalashtirishdan bosh tortganiga izoh berdi
11:51 / 25.11.2024
YeTTB Ukrainaning DTEK energooperatorini moliyalashtirmaydi
22:12 / 22.11.2024