Misr qadimiy yodgorliklar işlari böyiça vazirligi Kafr-aş-Şayx universiteti bilan hamkorlikda Tall-al-Farain tumanida qaziş işlarini boşladi. Bu yerda 2018 yilning fevralida fir'avnlarning XXVI sulolasi asosçisi Psametix I (taxminan er.av. 664 – 610 yillar) yodgorligi bölaklari topilgandi.
"Qaziş işlari natijaga erişilmagunça davom ettiriladi. Biz bölajak topilmalar Kafr-aş-Şayx tarixida yangi sahifani oçadi degan fikrdamiz", — dedi Kafr-aş-Şayx arxeologiya boşqarmasi direktori Abdul Nosir Xigyoziy.
Kafr-aş-Şayx viloyatining Tall-al-Farain tumanida qadimda ikkita şahar va yirik diniy markaz bölgan. Bu yerda 1988 yilda qaziş işlari vaqtida ma'buda Uajyet ibodatxonasi topilgan. Tarixçi Gerodot bu yerda uçta ibodatxona bölganini yozgan, şu bois arxeologlar yaqin vaqt içida bu ibodatxonalar joylaşgan yerlarni topişga umid qilişmoqda.

















