«Al-Qoida» terrorçilik guruhining asosçisi va yetakçisi Usama bin Lodinning onasi Aliya Ganem Britaniyaning The Guardian gazetasiga intervyu berdi. Hozir u Saudiya Arabistoni ğarbida joylaşgan Jidda şahridagi haşamatli uyda Usama bin Lodinning ukalari - Ahmad va Hasan hamda ikkinçi turmuş örtoği - Muhammad Al-Attas bilan birga yaşaydi.
11 sentabr voqealaridan keyin deyarli 17 yil ötgaç, Usama bin Lodinning oilasining hamon Saudiya jamiyatida ta'siri baland bölib turibdi, şuningdek, u podşohlik tarixidagi eng yoqimsiz onni eslatadi, deya ta'kidlaydi gazeta.
«Mening hayotim juda oğir edi, çunki u [Usama bin Lodin] mendan juda uzoqda edi. U juda yaxşi bola edi va meni juda yaxşi körardi», - deydi onasi.
Aliya Ganemning aytişiça, Usamani uç yoşidan boşlab aynan uning ikkinçi turmuş örtoği katta qilgan.
The Guardian’ning qayd etişiça, Usama bin Lodin oilasi quriliş imperiyasiga kirişi sababli hamon podşohlikning eng boy oilalaridan biri bölib turibdi. Hozirgi Saudiya Arabistonining köp qismini aynan ular qurişgan.
Köp yillar davomida Aliya Ganem, xuddi uning butun oilasi kabi, öğlining faoliyati haqida jamoatçilik bilan muloqot qilişni rad etib kelgan. Şuningdek, u Usama bin Lodin «Al-Qoida» terrorçilik guruhiga yigirma yil davomida rahbarlik qilganida, Nyu-York va Vaşingtonga zarbalar berilgan davrda hamda Usama Pokistonda öldirilganidan söng töqqiz yil davomida heç qanday intervyu bermagan.
Ta'kidlanişiça, Saudiya davlatidagi eng nufuzli oilalaridan birining harakatlanişi va özaro aloqalari jiddiy kuzatuv ostida qolmoqda. Aynan şuning uçun intervyu uçun rasmiylardan ruxsat oliş talab etildi, uni Saudiya Arabistonining 32 yoşli şahzodasi, mamlakat yangi rahbariyati vakili bölgan Muhammad bin Salmon taqdim etdi.
Saudiya hukumati vakili iştirokida ötkazilgan intervyu vaqtida Usama bin Lodinning oilasi özini öta ehtiyotkor tutgan.
Ona özining birinçi farzandi - Usama bin Lodinni uyatçan, biroq öqişga qobiliyatli bola sifatida eslaydi. Uning sözlariga köra, universitetdagi odamlar uni özgartirgan va u boşqa odamga aylangan.



















