AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo va Janubiy Koreya taşqi işlar vaziri Kan Gen Xva ASEAN sammiti doirasida uçraşuv ötkazdi. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga köra, tomonlar Koreya yarim orolining yadrosizlanişi va KXDRga qarşi sanksiyalarni muhokama qilişdi.
Ta'kidlanişiça, Kan Gen Xva va Pompeo KXDRga qarşi sanksiyalar Şimoliy Koreya butunlay yadrosizlanmaguniga qadar amal qilişi kerakligini tasdiqlaganlar.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy taşqi işlar vaziri Van I heç bir mamlakat Koreya yarim orolida uruş qayta boşlanişini istamasligini ma'lum qilgandi.
Uning sözlariga köra, KXDR va Janubiy Koreya ham, AQŞ ham uruşning takrorlanişini xohlamaydi.













