Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyalik tadbirkor O‘zbekistonda alyumin folga ishlab chiqaradi
Koreyaning yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblangan «Eurasia International Corporation» tomonidan O‘zbekistonda elektrotexnika, farmatsevtika va oziq-ovqat mahsulotlari sanoati uchun alyumin folgalari ishlab chiqarish loyihasi tatbiq etiladi. Bu haqda ikki tomonlama imzolangan anglashuv memorandumida alohida qayd etilgan. Bu haqda “O‘zeltexsanoat” AK Axborot xizmati Kun.Uz’ga ma'lum qildi.

“O‘zeltexsanoat” AK delegatsiyasi Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turgani va qator kompaniyalar bilan O‘zbekistonga sarmoya kiritish borasida muzokaralar olib borilayotgani haqida xabar qilingan edi.

Joriy yilning 6 mart kuni Farg‘ona shahrida Janubiy Koreya biznes-delegatsiya vakillari ishtirokidagi xalqaro biznes forumda “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi hamda Koreyaning “Eurasia International Corporation” kompaniyalari o‘rtasida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolangan edi.
Ikki tomonlama tuzilgan anglashuv memorandumidan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda elektrotexnika, farmatsevtika va oziq-ovqat mahsulotlari sanoati uchun bozor talablariga mos alyumin folgalari ishlab chiqarish loyihasini o‘rganib chiqishdan iboratdir. Tomonlar mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston va Koreya Respublikalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ishlab chiqarishda nou-xau texnologiyalarni keng qo‘llash borasida o‘zaro axborot almashdi.

Shuningdek, ikki kun mobaynida Koreya elektrotexnika sanoati mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (KOEMA) a'zolari, Elektrotexnika mahsulotlari kooperatsiyasi (KEMC) rahbarlari bilan ham muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar chog‘ida koreyalik tadbirkorlarga xorijlik investorlar uchun yaratilayotgan keng shart-sharoit va imkoniyatlar, ichki va tashqi bozorlardagi xaridorgir milliy mahsulotlar, O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etilayotgan yangi investitsiya loyihalari to‘g‘risida to‘liq ma'lumot berildi.
Mavzuga oid
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
11:47 / 09.04.2026
“Obnalchi” korxonaning soliq majburiyati halol tadbirkor gardaniga yuklanyapti” – tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi
20:57 / 03.04.2026