Tojikiston boş prokuraturasi saytida berilgan bayonotga köra, Danğara tumanida xorijlik sayyohlarga hujumni avvaldan işlab çiqilgan reja asosida «Islom davlati» niqobi ostida «Tojikiston islom uyğoniş partiyasi» ekstremistik-terrorçi taşkiloti a'zolari amalga oşirişgan.

Tergovda aniqlanişiça, teraktni xorijda işlab çiqilgan reja asosida Islom uyğoniş partiyasi ekstremistik-terrorçi taşkiloti a'zolari - Panj tumanida yaşagan Husayn Abdusamadov, Asomidin Majidov, Zafar Safarov va Nurak şahrida yaşagan Asliddin va Jafar Yusupovlar amalga oşirişgan.

Ular 29 iyul kuni Danğara tumanining Safobaxş qişloğida velosipedda ketayotgan xorijlik sayyohlar ustiga maşinada bostirib borişadi, söngra piçoq va boltalar bilan sayyohlarga oğir tan jarohatlari yetkazişadi va qoçib ketişadi. Hujum oqibatida tört nafar xorijlik: ikki nafar AQŞ hamda Niderlandiya va Şveytsariya fuqarolari halok bölgan. Yana ikki nafar Şveytsariya fuqarosi kasalxonaga keltirilgan.

29 iyuldan 30 iyulga ötar keçasi jinoyatçilarning yaşiringan joyi aniqlangan va guruh boşliği Husayn Abdusamadov qölga olingan. Guruhning yana tört nafar a'zosi qölga oliş çoğida qurolli qarşilik körsatişgani sababli yöq qilingan.

Tergovda aniqlanişiça, jinoiy guruh terrorçilik harakatini Islom uyğoniş partiyasining faol a'zosi bölgan Nosirxöja Ubaydovning buyruği asosida amalga oşirgan.

Uşbu jinoiy guruhning «Islom davlati» terrorçilik taşkilotiga sodiqligi haqida qasam içayotganligi tasvirlangan  internetda tarqalgan videolavha esa mazkur terrorçilik harakatining asosiy buyurtmaçisi bölgan Islom uyğoniş partiyasiga nisbatan gumon tuğilmasligi uçun uyuştirilgan.

Tergov jarayonida uşbu guruh bilan aloqadorligi aniqlangan yana ön kişi qölga olingan.