Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Suv xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi loyiha e'lon qilindi.

Nizomga ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi va qulayligi, bundan davlat sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil qilgan ma'lumotlar mustasno;
    
kamsitishning yo‘qligi, bitim tomonlarining teng huquqliligi;
    
tomonlarning bitim bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarishi;
    
xavf-xatarlar va majburiyatlarning bitim tomonlari o‘rtasida adolatli taqsimlanishi;
    
davlat-xususiy sheriklik tomonlari o‘zaro munosabatlarining shartnomada kelishib olingan asosi.
   
Davlat-xususiy sheriklik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv xo‘jaligi obektlarining yer maydonlarida bepul suv yetkazib berish sharti bilan yer uchastkalarini taqdim etish;
    
baliq yetishtiruvchi sub'yektlarga sug‘orish tarmoqlari (kanallar)ni bepul foydalanish uchun suv maydonlari ajratib berish;
    
suv xo‘jaligi obektlarini qurishda loyihalashtirish va pudrat ishlarida ishtirok etish;
    
suv omborlarida turistik faoliyatini tashkil etish;
    
Davlat-xususiy sheriklik tanlov asosida amalga oshiriladi.
    
Davlat-xususiy sheriklik amalga oshirish taqdim etiladigan suv xo‘jaligi obektlari ro‘yxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
    
Tarkibiga Vazirlik, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi vakillari kiradigan Tanlov komissiyasiga kamida ikki ishtirokchidan ariza kelib tushsa, tanlovni o‘tkazadi.