Tarixni haqqoniy anglaş oson iş emas. Moziydan darak beradigan manbalarning qay biri sahih, qay biri yolğonligini ajratiş ham quduq tubidan ignani topişdek gap. Şu bois ham tarixnavislar öz közi bilan körmagan voqealar tasviridan söng “Bilim Allohga xosdir” deyişadi. Şunday bölsa-da, tarix labirinti aro haqiqatni tanlay bilan zukko kitobxonning ixtiyorida qoladi.
Bugun yoş avlod uçun qahramonlik timsoli bölgan jasoratli ajdodimiz Jaloliddin Manguberdining ölimi haqida ham turliça qaraşlar bor. Bu haqda ma'rifatparvar podşoh, falakiyotşunos olim Mirzo Uluğbek özining “Tört ulus tarixi” kitobida şunday yozadi: “Tarix arboblari sulton Jaloluddin ibn sulton Muhammad Xorazmşohning molu holi haqida qarama-qarşi fikr bildirdilar. Çunonçi, ba'zilarning söziça, möğullar qölida qatl etilgan. Ba'zilarning fikriça, sulton Jaloluddin möğullardan qoçib, toğlar orasiga kelgan va otda köp yurgani uçun qattiq çarçagan, otdan tuşib toğ orasida uyquga ketgan. Bir guruh odamlar ot va sulton xil'ati ta'masida uyqudagi Jaloluddinni halok qilganlar. Boşqalarning rivoyat qilişlariça, sulton tasavvuf ahlining libosini kiyib, sayohatni ixtiyor qilgan. Xudo bilguvçiroq!”.
Jaloliddin Manguberdi garçi jangda mağlub bölgan bölsada, ma'nan ğolib bölganini hatto Çingizxon ham tan olgani esa tarixiy haqiqatdir. Bu haqda Mirzo Uluğbek şunday yozadi: “Sultonning barça fe'lu harakati Çingizxonga manzur bölib, tahsin oğzini oçib, öğillariga yuzlandi va dedi:
— Otaga şunday öğil zarurki, u ikki girdob — olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga çiqa oldi!
Bu sultondan köp işlar va hisobsiz qissalar vujudga keldi va uning işlaridan har qanday oqil öğil ğofil qolmasligi kerak!”












