Kimdir  qöşimça pul işlab topiş imkoniyatini izlasa, unga köpinça vaqtinçalik iş topiş böyiça maslahat berişadi. Biroq buning uçun sizda vaqt va kuç bölmasa-çi? Mazkur holatda passiv tuşum– siz tomondan kam vaqt kuç sarflab pul işlaş usullarini topişingiz kerak böladi.

Foto: Pixabay

YouTube uçun videoroliklar tayyorlang

Uşbu soha juda tez rivojlanyapti. Siz istalgan kategoriya – musiqali, ta'limga boğliq, komediya, kinolar şarhi kabi yönalişlarda roliklar suratga olişingiz va uni YouTube’ga joylaştirişingiz mumkin. Keyin esa bu roliklar Google AdSense’ga ulansa, ularda avtomatik tarzda reklamalar paydo böladi. Tomoşabinlar uşbu reklamalar ustida siçqonçani bossa, Google AdSense’dan pul olişni boşlaysiz.

Sizning muhim vazifangiz – munosib roliklarni yaratiş, ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarğib etiş va bir neça klipdan daromadni ta'minlaş uçun yetarli miqdorni qöllab-quvvatlaş. Videoni suratga oliş va montaj qiliş u qadar muşkul emas, biroq şundan keyin juda uzoq vaqt davomida töliq passiv daromad manbaiga ega bölasiz.

YouTube’da omadingiz kelişiga işonmayapsizmi? Mişel Fan özining kosmetika va rasm çizişga bölgan qiziqişini video suratga oliş bilan birlaştirib, 8 milliondan ortiq obunaçilarga ega böldi. Endilikda 800 million dollar kapitalizatsiyaga ega şaxsiy kompaniyasiga asos soldi.

Hamkorlik marketingini sinab köring va sotişni boşlang

Passiv daromadning bu texnikasi bloglar va faol internet-sayt egalari uçun köproq mos keladi. Qandaydir mahsulotlarni saytingizda tarğib etib, qat'iy belgilangan tölov yoki savdodan foiz olişingiz mumkin.

Bu yöl bilan pul işlab topiş qiyin emas. Çunki özingiz payqaganingizdek, köplab kompaniyalar mahsulotlarini köproq joyda sotişdan manfaatdor.

Hamkorlik töğrisidagi takliflarni işlab çiqaruvçilar yoki ularning saytiga murojaat qiliş orqali topiş mumkin. Reklama qilinayotgan mahsulot yoki xizmat sizga qiziq bölsa yoki sayt mavzusiga töğri kelsa, undan-da yaxşi.

Foto: Pixabay