Jurnalistika fakultetida öqib, jurnalistikani qoyillatib örgandim deya olmayman. Umuman köpçilikda şunaqa bölsa kerak. Lekin öşa dargoh menga ikkita öta muhim narsani örgatgan. Birinçisi, maqola yozganingda (körsatuv, eşittiriş tayyorlaganingda), agar unda ma'lum şaxslar (yoki şaxs) haqida gap borsa, heç qaçon uning şaxsiyatiga ötmaslik. Sen yozayotganing qançalik salbiy xususiyatlari bölmasin bu şaxsiga daxldormi, uni haqorat qilişga haqqing yöq. U biz urğu sabab jarangdor çiqqani uçun, işlatişga odatlanib qolgan sözimiz — «tupoy» böladimi yoki boşqa bir şunaqa salbiy xususiyati böladimi, buni yozayotgan narsangda oçiq oydin aytişing heç qanday etikaga töğri kelmaydi. Keyingi qölingdan keladigan iş faqat uzr söraş bölişi mumkin, lekin bu holatga tuşişdan köra, uning oldini oliş eng töğrisi böladi. Agar yozganing öquvçiga yetib borsa, u özi nima demoqçiliging haqida tuşunib, xulosa çiqarib olaveradi. Kim yaxşi kim yomon, kim aybdor... Sening vazifang esa borini yetkaziş, birovning ustidan hukm çiqariş emas. Kerak bölsa, u istamasa, suratidan ham foydalanişga haqqing yöq. Şaxsiy daxlsizlik xullas. Jurnalistikada örgangan eng muhim birinçi qoidam şu edi — insonning şaxsiy daxlsizlik huquqini hurmat qiliş.

Ikkinçi örganganim bu seni eşitayotgan (öqiyotgan, körayotgan) şaxsni hurmat qiliş. Ustozlarimizdan biri aytgandi: maqola yozasanmi, körsatuv tayyorlaysanmi yoki domla bölib öquvçilarga dars ötasanmi yoki biron mansabga ötirib, qandaydir qoidalarni yaratasanmi, farqi yöq. Heç qaçon unutmaginki, seni eşitayotgan, kuzatayotgan, öqiyotgan yoki sen bergan topşiriqni bajarayotganlar içida kamida 10taça bölsin, sendan köra aqlliroq, sendan köra öşa sohani, öşa mavzuni yaxşiroq biladiganlar böladi. Kamida 10 nafar odam bu işni sendan yaxşiroq qila olişi mumkin böladi. Nimadir işni bajarayotganingda mana şu tomonlarini öylab işga kiriş, ortiqça mahmadonalik qilma!

Bugun jurnalistika haqida maqola yozmoqçi emasman. Umuman tepadagi gaplarning ham bugungi mavzuga aloqasi yöq. Şunçaki mavzuni yozişdan oldin, bizga «tekkan kasal» — uzoqdan olib kelişga odatlanganmiz. Xullas, asosiy masalaga ötsak. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston professional futbol ligasi direktorining birinçi marta taşkil etilayotgan Superliga taqvimini özgartiriş niyatida klublarga yuborgan taklifi tarqaldi. Unda yozilişiça, yil boşida işlab çiqilgan reglament «kelişilgan öyinlarning vujudga kelişini avj oldirayotgan» ekan. Keling, öşa klublarga yuborilgan gapning asosiy qismini töliqligiça özgartirişlarsiz keltirib ötamiz:

«Jamoalarning deyarli bari mavsum boşidan kuçli oltilikka intilib keldi, çempionatda belgilangan «oltin oçko» qoidasi qaysidir manoda kelişilgan öyinlarni vujudga kelişi avj olmoqda, bu esa klublarning kelgusi faoliyatiga ta'sirini körsatişi hamda çempionat saviyasiga ta'sir etişi aniq».