Venesuela hukumati şanba kuni prezident Nikolas Maduroning joniga qasd qilinganidan söng har qanday agressiya uçun javobgarlikni qöşni Kolumbiya zimmasiga yuklamoqda.

"Biz har qanday yangi agressiya uçun Kolumbiya hukumati javobgar bölişi haqida ma'lum qilamiz", - deyiladi Venesuela hukumati bayonotida.

Bundan avval Maduroning özi uddasidan çiqilmagan suiqasdda muxolifat va Kolumbiya prezidentini ayblagandi. Kolumbiya Taşqi işlar vazirligi Bogotaning voqeaga aloqadorligini rad etmoqda. 

Rasmiy Karakasning fikriça, Bogota mazkur hujumni qoralamagani va Maduroning soğliği borasida qayğurmagani ajablanarli. 

"Boşqa tomondan, Kolumbiya hukumatining yagona pozitsiyasi qanday bölmasin, prezident Xuan Manuelni himoya qiliş bölgani şubhali", - deyiladi bayonotda. 

Unda şuningdek tarix Kolumbiya oligarxiyasining Venesuela işlariga aralaşuvi çegara bilmasligini körsatgani, Venesuela xalqi ötmişda özining fuqarolik-harbiy alyansida bu şikoyatlarni töxtatgani, endi esa bu işni davom  ettirişini ma'lum qilgan. 

Tovarlar tanqisligi, inflyatsiya va davlat daromadlarining pasayişi tufayli Venesueladagi vaziyat murakkablaşdi. Şu bois yaqinda Nikolas Maduro qayta prezident etib saylangan saylovlar yakunlarini jahonning köp mamlakatlari tan olmadi. 

2018 yilning yanvarida Kolumbiyaning amaldagi prezidenti Xuan Manuel Santos ikki mamlakat örtasidagi tarang munosabatlar sababli Venesueladagi elçisini ortiga qaytargan.