«Barselona» klubining yangi futbolchilari 2018/19 mavsumi uchun o‘zlariga raqam tanladilar.
RAC1 xabariga ko‘ra, Artur ko‘p yillar davomida Andres Inestaga tegishli bo‘lgan 8-raqamni oldi. Kleman Langle 15-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi. Malkom o‘z tanlovini 7-raqamda to‘xtatdi. Arturo Vidal esa 22-raqamni oldi.















