Yirik iqtisodiy rivojlangan davlatlar örtasidagi savdo uruşi Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölib kirişiga ta'sir qiladimi? Şu kabi mulohazalar va taşkilotga a'zo böliş borasida fikrlarini bildirgan Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Alişer Kurmanov masalaga optimistik ruhda baho bermoqda. 

«Umuman, Özbekistonda proteksionizm tendensiyalari asta-sekin yöqolib bormoqda. Parlament uşbu masalaga qisman aralaşgan. Çunki, Prezidentimizning AQŞ taşrifi çoğida, Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölib kirişda Özbekistonga kömak beriş böyiça  Amerika hukumati bilan kelişuv imzolangan»​, deydi u.  

AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi va Jahon Banki guruhi Taşqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda hukumat mulozimlari va manfaatdor tomonlarni Jahon savdo taşkiloti (JST) jarayoni va uning Özbekiston uçun potensial oqibatlari haqidagi bilimlarini oşirişga yordam beriş maqsadida şu yil mayda Toşkentda «Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga kiriş jarayonini yangidan boşlaş»​ mavzusida seminar taşkil et​di. Hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida yaqin orada AQŞ Savdo vazirligining vakili Özbekistonga taşrif buyurişi, Senatda taşkil etilayotgan uçraşuvda iştirok etişi kutilyapti.

«Bu masalada çuqur öylab, keyin qarorga keliş maqsadga muvofiq. Afsuski, ayrim davlatlarda proteksionizm çoralari joriy etilmoqda. Ilgari biz ibrat olayotgan davlatlar öz siyosatini özgartirayotgan holda bu masalani çuqur örganiş lozim»​, deb qayd etib ötgan Senat qömita raisi. 

Axios naşriga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp öz ma'muriyatining yuqori lavozimdagi amaldorlariga AQŞni Jahon savdo taşkilotidan olib çiqmoqçiligini bir neça bor aytgan.​

«Şunga qaramay, Özbekiston tarixan savdo mamlakati hisoblanadi. Biz «Buyuk Ipak yöli» yoqasida joylaşgan davlatmiz, hozir vaziyat şundayki, mintaqada qöşni davlatlarga mahsulotlarni sotişga imkoniyatimiz juda ham köp. Asta-sekin jöğrofiyani özgartiriş kerak, buning uçun butun dunyo işlayotgan qonunlar böyiça iş olib boriş talab etiladi. Baribir, qaçon JSTga qöşilamiz, bu savolga javob beriş qiyin, çunki muzokaralar endi jonlanmoqda»​, deb qöşimça qilgan Alişer Kurmanov. ​

Özbekiston Taşqi savdo vazirligiga köra, Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga (JST) a'zo bölişning ehtimoliy salbiy oqibatlarini ham örganib çiqişi kerak.​

«JSTga a'zo bölişdan oldin biz buning ijobiy jihatlari bilan birgalikda, mamlakat iqtisodiyoti uçun ehtimoliy salbiy oqibatlarini ham örganişimiz zarur. Şuning uçun, albatta, bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondaşiş zarur», – ​deydi Taşqi savdo vaziri örinbosari Sohib Saifnazarov aytib ötdi. ​