Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya sobiq bosh vaziri ko‘p miqdordagi pulni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda
Malayziya sobiq bosh vaziri Najib Razzoqqa Kuala-Lumpur sudida pulni noqonuniy o‘zlashtirish qonuni bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. U moliyaviy terrorizm va davlat mablag‘larini o‘z hisobiga o‘tkazish kabi jinoyatlarni sodir etgan. Bu haqida The Star nashri xabar bermoqda.
Najib Razzoq bank hisob raqamiga 3 xil yo‘nalish orqali pul o‘tkazilgan: SRC International davlat korporatsiyasi hisob raqamidan 1MDB milliy investitsiya jamg‘armasiga, undan bosh vazir hisobiga noqonuniy pul o‘tkazilgan.
4 iyul kuni sobiq bosh vazirga 3ta band bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgandi. Birinchisi o‘zining bank hisob raqamiga yirik summani o‘tkazgan. N.Razzoq hibsga olingandi, lekin garov pulini to‘laganligi uchun sudgacha vaqtinchalik ozod qilingandi.
9 may kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida Najib Razzoq boshchiligidagi koalitsiyani mag‘lubiyatga uchratishdagi asosiy omil – sobiq bosh vazir tomonidan tuzilgan va boshqarilgan 1MDB jamg‘armasi atrofidagi korrupsiya janjalidir.
Mamlakat yangi bosh vaziri 92 yoshli Maxatxir Muhammad bo‘ldi. U 1981-2003 yillarda ham ushbu lavozimda faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva Malayziya qirolichasi bilan uchrashdi
12:54 / 02.04.2026