Toşkentda yana bir golf klubi barpo etiladi, deya xabar beradi Davlat turizm qömitasi matbuot xizmati.
Loyiha bilan Koreyaning Land Master kompaniyasi şuğullanadi. Uning prezidenti Be Sang Ron Özbekistonga taşrif bilan keldi.
Qömita raisining birinçi örinbosari Uluğbek Qosimxöjayev Be Sang Ron bilan nafaqat golf klubining qurilişi, balki sayyohlik sohasidagi hamkorlikning boşqa yönalişlari böyiça amaliy masalalarni muhokama qildi. Misol uçun, mehmon uylarini quriş.


Şu yerda xorijiy sarmoyadorlar uçun taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalar haqida ham ma'lumot berildi.
Xabar qilinişiça, golf klubining loyihasi işlab çiqilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda Korean Town paydo bölişi xabar qilingandi.












