Wired naşriyoti Amazon’ning Mechanical Turk kraudsorsing platformasida pul işlab topişni boşlagan ayol haqida sözlab berdi. Köproq buyurtmalarga ega böliş va işni tezroq bajariş maqsadida u jarayonlarni avtomatlaştirib, köproq pul işlay boşladi.

2010 yilda Kristi Millendning turmuş örtoği işidan ayrildi va ayol qöşimça daromad izlaşga majbur böldi. Ilgari u uy bekasi edi va eBay’da kolleksiya buyumlari savdosidan biroz pul topardi. Unda qahvaxona yoki zavodlarda işlaş tajribasi yöq edi. Unga hatto McDonald’s’da ham rad javobini berişdi.
Ona şahri Torontoda iş topiş qiyin bölgani sabab Millend Amazon’ning Mechanical Turk kraudsorsing platformasida işlab körişga qaror qildi.
Har oyda 20 ming yangi haydovçini iş bilan ta'minlaşini aytib maqtanadigan Uber’dan farqli ravişda Amazon özining Mechanical Turk maydonçasini faol iş bilan ta'minlaş joyi sifatida körsatmasdi. Kompaniya birinçi navbatda dasturçilarga yordam beriş uçun sayt yaratdi. Platformadagi vazifalarning köpçiligi sun'iy ongni örgatiş uçun zarur edi. Masalan, suratda nima aks ettirilganini yoziş, kontakt ma'lumot jadvallarini töldiriş va sayt uçun mahsulot tasvirlangan ma'lumot tayyorlaş. Mechanical Turk işçilarning xizmatlari tufayli ba'zi texnologiyalar haqiqiy mö'jizaning özginasi: bir kompaniya taom suratiga qarab kaloriyalarni hisoblaydigan ilova işlab çiqdi. Biroq suratda tasvirlangan ovqatni kraudsorsing platformasidagi odamlar “tanişadi”.
Millend daromadining katta qismi bir vaqtning özida yuzlab va minglab vazifa e'lon qilgan iş beruvçilardan kelardi. Işni tezlaştiriş uçun Millend tugmani bir bosiş bilan suratlarni kategoriyalarga ajratadigan (masalan, “s” tugmasi bosilsa, “sariq” kategoriyasiga ketadi, “q” bosilsa – “quşlar”) maxsus dasturlarni örnatib oldi. Bitta tasvirni markirovka qiliş uçun 0,03 dollar, bitta suratni 5 soniyada qayta işlaş orqali soatiga 21,60 dollar pul işlab topiş mumkin.
Ba'zida Millend murakkabroq işlarni olardi. Masalan, mahsulotni tasvirlaş uçun ma'lumot öylab topişga har bir paragraf uçun 1,50 dollar işlaş mumkin edi. Agar bitta tasviriy ma'lumot 5 daqiqada öylab topilsa, soatiga 18 dollar işlab mumkin. Muhimi işni tez va doimiy ravişda bajariş lozim.

















