2018 yil avgust oyi mamlakatning barça hududlarida obodonlaştiriş va tozalik oyligi deb e'lon qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişi qabul qilingan.

Hujjat bilan belgilanişiça, 18-19 avgust kunlari Özbekistonda umumxalq xayriya haşari ötkaziladi. 

Umumxalq xayriya haşarini ötkaziş böyiça işçi guruh tarkibi tasdiqlandi. Işçi guruh obodonlaştiriş va tozalik oyligi hamda umumxalq xayriya haşarini ötkaziş doirasida quyidagi tadbirlar amalga oşirilişini nazarda tutadi: 

mahallalar, aholi punktlari, köp qavatli uylar va binolar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, köça va yölaklarni hamda bolalar maydonçalarini tartibga keltiriş, daraxtlarni oqlaş va butaş;
ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironlar, yolğiz qariyalar, kam ta'minlangan va boquvçisini yöqotgan oilalarning uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga kömaklaşiş;
umumxalq xayriya haşari qatnaşçilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta'minlaş;
joylarda obodonlaştiriş işlari ötkazilişi jarayonida töplangan çiqindilarning mahalliy davlat hokimiyati organlari va boşqa mutasaddi idoralar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib çiqilişini ta'minlaş.

Umumxalq xayriya haşari munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boşqa taşkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik iş haqi miqdoridagi mablağlar ularning öz taşabbusiga köra Özbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondining respublika boşqaruvi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar bölimi, tuman va şahar bölinmalari boşqaruvlarining bankdagi hisob raqamlariga ötkazilişi belgilab qöyildi. 

Özbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondiga umumxalq xayriya haşaridan tuşgan mablağlar 2018 yil «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oşiriş, kam ta'minlangan, boquvçisini yöqotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironlar va yolğiz qariyalarga, pensionerlarga moddiy va ma'naviy yordam körsatiş, fuqarolar yiğinlarining moddiy-texnika bazasini yaxşilaş, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika va hududiy kengaşlarni köllab-quvvatlaş kabi tadbirlarga sarflanişi tavsiya etildi.