Angliya premer-ligasida bu yozda yangilanishlar bo‘ldi. Angliya chempionati endi yanada qiziqroq bo‘lishi kutilmoqda.

Favoritlar

Foto AFP

Premer-liga, stereotiplar yaratish va ularni yakson qilishi bilan ajralib turadi. 10 yil muqaddam Angliyada «kuchli to‘rtlik» bor edi va bu hududga «MYu», «Arsenal», «Chelsi» va «Liverpul»dan boshqa jamoa kira olmaydigandek edi. Ammo keyin biz «kuchli oltilik»ka o‘rganib qoldik. 2015 yilda hech kim o‘rtamiyona jamoa mamlakat chempioni bo‘lishini xayoliga keltira olmasdi. Ammo kutilmaganda «Lester» «uloqni ilib ketdi». O‘tgan mavsum arafasida ham «Manchester Siti» 3ta raqamdan iborat ochkolarni to‘plashini kutmagandi, ammo yakunda Gvardiola ikkinchi o‘rindagi «MYu»ga 19 ochkolik farq bilan yuqoridan qarab turardi.

Endi esa «Manchester Siti» uzoq vaqtgacha Angliyada gegemonlik qiladigandek tuyulmoqda. Pep Gvardiola jamoani mashinaga aylantirdi, bu jamoa hech kimdan qo‘rqmaydi: na kuchli raqiblardan, na to‘rt frontda jang olib borishdan, na jarohatlardan, na rotatsiyalardan va na avtobus jamoalardan. «Shaharlik»lar jamoasida deyarli barcha chiziqda YeChL darajasidagi ikki nafardan futbolchi bor (faqat darvozabon va tayanch zonasida bittadan). Shunday ekan, «Siti» bu mavsumda ham chempionlik uchun yaqqol favorit.

Ammo Gvardiola jamoasi mavsumning ikkinchi qismida bo‘shashi mumkin. O‘tgan mavsumda jamoa ochko yo‘qota borish bilan birga, kamroq gol urdi. Demak, boshqa jamoalarda ham imkoniyat bo‘ladi.

G‘arb nashrlarida va bukmekerlik idoralarida «Liverpul»ni ham sovrin uchun asosiy da'vogarlardan biri sifatida hisoblashmoqda. Bu jamoa bunga haqli: jamoaning barcha liderlari va bosh murabbiy o‘z joyida qoldi, o‘tgan mavsumdagi kuchsiz chiziqlar kuchaytirildi, jamoaning salohiyati o‘ta yuqori.

Joze Mourino esa mavsumlar oralig‘ida janjal ko‘tardi, u «MYu»ning asosiy futbolchilari jahon chempionatidan barvaqt qaytmagani va mavsumoldi yig‘inida ishtirok etmaganidan norozi bo‘ldi. Jamoa tarkibni faqat bir hafta muqaddamgina yig‘a oldi. Ammo «qizil iblislar» oltin medallar uchun asosiy da'vogarlar qatorida qolaveradi.

«Tottenhem» yozgi transferlar vaqtida biror transfer amalga oshirmagan yagona jamoa bo‘ldi. Nima qipti? Maurisio Pochettino qo‘li ostida shundoq ham raqobatbardosh jamoa bor, jamoa yetakchilarini tarkibda saqlab qolgan. Demak, bu jamoa ham birinchi o‘rinni egallay olishi mumkin.

«Arsenal» va «Chelsi» bilan bu mavsumda nima bo‘lishi qiziq. Ikki jamoada ham yangi murabbiylar ish boshladi, bu murabbiylarning ikkisi ham avval Angliyada ishlamagan. Lekin, bu masalan Kontega birinchi mavsumdayoq jamoasini chempion qilishiga xalal bermagandi. Birdan Unai Emeri yoki Maurisio Sarrida ham shunday bo‘lib qolishi mumkin. Qolaversa, ikkala jamoa ham bu mavsumda YeChLda qatnashmaydi va ichki chempionatga bor e'tiborni qaratib, boshqalarga nisbatan ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi.