Şimoliy Koreya hukumati Koreya yarim orolini töliq va tekşiriluvçi yadrosizlantiriş borasida Qöşma Ştatlarning takliflariga rozi bölmadi. Bu haqda CNN telekanali diplomatik manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga köra, AQŞ vakillari Koreya yarim orolidagi yadroviy qurolsizlaniş töğrisida KXDRga takliflar kiritişda davom etmoqdalar. Biroq, ularni Şimoliy Koreya tomoni qabul qilmayapti. Manbalardan birining ta'kidlaşiça, Şimoliy Koreyada bu takliflarni «bosqinçilarga xos», deb hisoblaşmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreya yadro va raketa dasturlari ustida işlaşni davom ettirayotgani xabar berilgandi.
Mustaqil ekspertlar KXDR BMT Xavfsizlik kengaşining rezolyutsiyalarini buzgan holda öz yadro dasturi ustida işlaşni davom ettirayotganini ta'kidlamoqdalar.













