Olimlar bizdagi qaysi jihatlar odamlarni bizga jalb etişi va bu bilimlarni hayotda qanday qöllaş haqida gapirib berişdi.
- Suhbatdoşingiz xulq-atvoridagi jihatlardan nusxa oling
Muloqot vaqtida suhbatdoşingiz harakatlarini takrorlaydigan imo-işoralardan foydalaning. Tadqiqot natijalariga köra, bunday xulq-atvor simpatiya paydo bölişini tezlaştiradi.
- Munosabat örnatmoqçi bölgan odamingiz bilan köproq vaqtingizni birga ötkazing
Tanişlarimizning bizga yoqib qoliş ehtimoli katta. Ruhşunoslar tadqiqot ötkazişdi: talabalar tanimaydigan tört nafar qiz universitetdagi maşğulotlarga kelişardi. Ba’zilari darsga tez-tez, boşqalari esa juda kam qatnardi. Keyin talabalarga qizlarning suratlari körsatildi va qaysilari ularga yoqişini söraşdi. Ma’lum böldiki, maşğulotlarga köp qatnaganlari «ularning köngliga ötirgan». Axir aytişadi-ku, «Mehr közda» deb.
- Suhbatdoşingizni maqtang
Odamlar ularga maqtov aytiş vaqtida qöllagan sifatlarni sizning şaxsiy xarakteringizning bir jihati sifatida qaraydilar. Bunday holat sifatlarning kutilmaganda berilişi deb ataladi. U aksinça ham işlaydi: agar biror kişi haqida doimiy ravişda salbiy fikr bildirsangiz, u haqida aytayotganlaringizni sizga tegişli deb hisoblaydilar.
- Ijobiy hislarni namoyiş eting
Atrofdagilarning kayfiyati bizga qattiq ta’sir qiladi. Köpinça ongsiz ravişda suhbatdoşimizning hislarini boşdan ötkazamiz. Yoqimli taassurot uyğotiş uçun ijobiylikni namoyiş eting.
- Ideal bölib körinmaslikdan çöçimang
Biror kamçilik va xatoga yöl qöyganingizda, odamlarga xos bölgan hislar sizga ham begona emasligini körsatasiz. Olimlar xatolar simpatiyaga qanday ta’sir qilişi ustida tadqiqot olib borişdi. Tadqiqot qatnaşçilari viktorina yozuvini tinglaşdi. Kimdir savollarga javob berib, viktorina söngida qahvasini tökib yuborsa, mana şu iştirokçi ideal qatnaşçiga qaraganda qolganlarda ijobiy taassurot uyğotgan.
- Diqqatni umumiy jihatlarga qarating
Biz özimizga öxşagan odamlarga intilamiz. Bu öxşaşlikka qarab intiliş effekti deyiladi. Ayniqsa, biz bilan umumiy jihatlari mavjud bölganlar bizga ayniqsa juda yoqadi.
















