Toşkentda qurilish sohasi xodimlari kuniga bağişlangan «Bazalt armatura. Innovatsion materiallar. Qurilişda tejamkorlik» mavzusida konferensiya bölib ötdi.

Konferentsiyada Özbekiston qurilish vazirligi, innovatsion rivojlaniş vazirligi, «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi, «Özqurilişmateriallari» AJ, geologiya va mineral resurslari Davlat qömitasi, şahar va tuman hokimiyatlari, loyiha boşqarmalari, yetakçi qurilish kompaniyalarining vakillari qatnaşdilar.

Foto: Basalt

Tadbir 2017 yilning dekabr oyida Jizzaxda bazalt tola va armatura işlab çiqaradigan Basalt zavodini işga tuşirgan Mega Invest Industrial qöşma korxonasi tomonidan taşkil etildi.

Bu Özbekistonda bazalt armatura işlab çiqaradigan birinçi zavod. 200 nafar xodim işlaydigan zavodning umumiy maydoni 10 000 kvadrat metrdan iborat. Uşbu zavod yiliga 3 000 tonna bazalt tolasi işlab çiqariş quvvati ega. 2018 yilning fevral oyidan beri zavod 720 tonna armatura işlab çiqardi.

Bazalt tolasining 80%  armatura işlab çiqarişga yönaltiriladi, qolgan 20% qurilish uçun zarur bölgan boşqa mahsulotlar barpo etişga sarflanadi. Basalt zavodiga qilingan investitsiyalar hajmi 54 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi.

Bazalt zavodini işga tuşirişdan ilgari bozordagi vaziyat çuqur tahlil qilindi, innovatsion armaturaga xomaşyo bölgan bazalt konlari örganildi.

Özbekistonda mavjud bölgan uçta bazalt konlaridan ikkitasi, aynan zavod qurilgan Jizzax viloyati hududida joylaşgan. «Şaksiz innovatsion xususiyatlarga ega bölgan sifatli bazalt armatura çiqarişga aynan şu javhari öziga xos xususiyatlari bilan töğri keladi», - dedi Mega Invest Industrial tijorat masalalari böyiça direktori Ramir Axmediyev.

Konferentsiyada sözga çiqqan Axmediyev yangi mahsulot qurilish bozorida doimo şubhali tuyulişi, şu sabab, Basalt zavod işga tuşirilgan kundan boşlab mutaxassislar va bölğusi mijozlar orasida bazalt armatura sifatlari va innovatsion xususiyatlari töğrisida tuşuntiriş işlarini olib borayotganini ta'kidlab ötdi.

Konferentsiyada «Özqurilişmateriallari» AJ eksperti Bahodir  Kenjayev, Qurilish vazirligi eksperti va Toşkent Arxitektura va qurilish instituti katta öqituvçisi
Jaloliddin Tohirov, «Qishloq Qurilish Invest» MÇJ ta'minot bölimi mutaxassisi Botir Röziboyev, MÇJ «Mega Invest Industrial» QK tijorat direktori Ramir Axmediyev sözga çiqişdi.