Foto: Basalt

Basalt kompaniyasi hamkorligida aniqlaymiz.

Bazalt armatura özi nima?

Bu özini butun dunyoda yuqori sifatli mahsulot sifatida körsata olgan innovatsion quriliş materiali. Bu temir armaturaning analogi. Uşbu materialning 80 foizi kosmik va harbiy sanoatda, kemasozlik va samolyotsozlikda qöllanadigan roving deb nomlanuvçi uzluksiz bazalt toladan iborat. Bazalt armatura temir armaturaga qaraganda 30-50 foizga arzon va 10 marta yengil bölib, bu uning transportirovkasiga ketadigan xarajatlarni qisqartiriş imkonini beradi. Bazalt armatura zanglamaydi, demak, uning texnik xususiyatlari butun foydalaniş davrida saqlanib qoladi.

Bazalt armatura qay darajada uzoq xizmat qiladi?

Bazalt armaturaning prognoz qilinayotgan xizmat muddati 50-80 yilni taşkil etadi. Bazalt armaturaning uzoq xizmat qiliş parametri uning mustahkamligi tufayli temir armaturanikiga qaraganda yuqori. Aynan şuning uçun bazalt armatura Tselsiy böyiça -70 dan +100 darajagaçani taşkil qiladigan işçi haroratlarning keng diapazoniga bardoş beradi. Uning olovga çidamliligi Tselsiy böyiça 300 darajagaçani taşkil qiladi.

Bazalt armatura özidan toksik moddalarni çiqaradimi?

Yöq, bazalt armatura ekologik toza, u toksik moddalarni ajratmaydi. Şuningdek u issiqlikni yaxşi saqlaydi, sezgirlik darajasi yuqori bölgan, şu jumladan tibbiy uskunalarning işlaşiga xalaqit bermaydi. Bazalt armatura qöllangan binolarda mobil aloqa signali yaxşiroq ötadi.

Bazalt armatura qanday birlaştiriladi va transportirovka qilinadi?

Bazalt armaturani payvandlaş şart emas. U plastik xomutlar yordamida yoki oddiy töqiladigan sim bilan mahkamlanadi, bu inşootning zilzilalarga çidamliligini oşiradi. Bazalt armaturani montaj qiliş uçun besönaqay va qimmat quriliş texnikasidan foydalaniş zarurati yöq. Diametri 12 mm gaça bölgan armaturani taşiş oson, u bukiluvçan bölib, rulonlarga öraladi. Diametri 14 mm va undan katta bölgan bazalt armatura holatida simlarning uzunligi buyurtmaçining ixtiyoriga qarab bajariladi.

Narxlar oşmoqda, kelajakda bazalt armatura narxi ham oşadimi?