Sinov uçun quyidagi namunalar xarid qilindi:
- A400 klassidagi 12 mm diametrli armatura namunasi “DIMAX sanoat-savdo körgazma biznes markazi” MÇJ (Toşkent şahri, Nazarbek temir bozori) savdo majmuasidan, “AKRIL metall prokati”ga tegişli;
- A400 klassidagi 16 mm diametrli armatura namunasi “METALL CENTER” MÇJ (Toşkent şahri, “Izza” temir bozori) savdo majmuasidan, “Wang Da Group” MÇJ QKga tegişli;
- A400 klassidagi 12 mm diametrli armatura namunasi, “Jörabek Omad baraka” MÇJ (Toşkent şahri, Izza temir bozori) savdo majmuasidan, “WANGDA METAL” MÇJ QKga tegişli.
A400 klassidagi 8 mm diametrli armatura namunasi, “TECHNOBUSINESS LUX” MÇJga qaraşli savdo rastasidan (Sirdaryo viloyati), “BAO XIN METALL” MÇJga tegişli.
Tanlangan sinov namunalari akkreditatsiyadan ötgan laboratoriya mutaxassislari tomonidan “Temir-beton konstruksiyalari uçun armatura”, “Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi töğrisida”gi umumiy texnik reglament uçun, “Qurilişda işlatiladigan qora metallardan metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi töğrisida”gi maxsus texnik reglament talablariga muvofiqligi tekşirildi.
Kutilgan tahlil natijalari açinarli bölib, standart talablariga nomuvofiqligini körsatdi. Metall prokati – armatura namunalari mexanik hamda kimyoviy xossalari belgilangan me’yorlarga javob bermagan. Ayniqsa, kiçik korxonalar tomonidan işlab çiqarilayotgan, quriliş maqsadlarida işlatiladigan metall prokatida aniqlangan kamçiliklar köplab quriliş sifati va xavfsizligiga katta zarar yetkazayotgani aytildi.
Agentlik xavfsizlik va sifat talablariga javob bermaydigan armaturalarni sotişni taqiqlaş masalasini körib çiqiş uçun Quriliş vazirligiga, vazirlik huzuridagi Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasiga tegişli ma’lumotlarni yubordi.
Inspeksiya tomonidan yuqorida körsatilgan talablarga javob bermaydigan metall buyumlardan quriliş obektlarida foydalanişni taqiqlaş töğrisida buyruq çiqarildi.

















