Concept Bureau brending agentligi asoschisi Jasmin Bina iste'molchilarni jalb etadigan pozitsiyalashtirishning qoidalarini tasvirlab berdi.

«Xuddi shunday, biroq yaxshiroq» g‘oyasini qo‘llamaslik

Brendning vazifasi – iste'molchilarga boshqa kompaniyalar bajarmayotgan narsani amalga oshirayotganini yetkazish.

Agar bozorda ikki yirik raqobatchi bo‘lsa, ulardan biri «xuddi shunday, biroq yaxshiroq» strategiyasidan foydalanishni boshlashi mumkin.

Masalan, elektron hujjatlarni saqlash servisi Box o‘zini Dropbox’ning “yaxshilangan” shakli deya taqdim etishlari mumkin. Binaning fikriga ko‘ra, bu xaridorlarni jalb etmaydi: ular “yaxshiroq” servisni emas, “boshqasi”ni izlaydilar.

Auditoriyani topish va diqqatni unga qaratish

Yuqori raqobatda bozordagi ulushni oshirish uchun kompaniyalar yo reklama xarajatlarini oshiradilar yoki muayyan bir yo‘nalishga ixtisoslashadilar.

Masalan, turar-joy ijarasi servisi Airbnb atrofdagilar bilan do‘stona munosabat muhim bo‘lgan shaxsiy ish bo‘yicha sayohat qiladigan iste'molchilarga diqqatini qaratdi. Uning raqobatchisi Home Away esa ishonch, qulaylik, kompaniyaning obro‘si, keng tanlov va yana bir necha omillarga befarq bo‘lmaganlarni o‘z auditoriyasiga aylantirdi.

Jasmin Binaning so‘zlariga ko‘ra, Airbnb tor auditoriyaga e'tibor qaratdi, shuning uchun foydalanuvchilar ko‘proq uni tanlaydilar.

Foto: Airbnb

Mahsulotni tasvirlash emas, voqeani hikoya qilish

Tovarda turli texnologik sifatlarning mavjudligi iste'molchilar uni sotib olishiga kafolat bermaydi. Buning uchun kompaniya iste'molchilar bilan storitelling (voqeani hikoya qilish) yordamida hissiy aloqa o‘rnatishi lozim.

Masalan, TurboTax soliqlarni hisoblash va qoplash servisini olaylik: u o‘z reklama roligida xizmatlarni tasvirlamaydi, servis ishini namoyish qilish uchun buzilgan to‘y voqeasini hikoya qiladi.