Professional ringda mağlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan özbekistonlik boksçi Uluğbek Sobirov faoliyatidagi yettinçi jangini Tailandning Bangkok şahrida ötkazdi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.
8 raund etib belgilangan töqnaşuvda u mezbon boksçi Teravat Yoxangoxga (19-8-0, KO13) qarşi ringga kötarildi. Jangni faol boşlagan sportçimiz ikkinçi raundga kelib töliq ustunlikka ega böldi va raqibini nokautga uçratib, mağlubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.
Joriy yilning 29 iyulida u filippinlik Dennis Padua (11-15-2, KO6) bilan kuç sinaşib, jangning birinçi raundidayoq raqibini ringga qulatgan.
Eslatib ötamiz, bungaça ötkazilgan 6 jangda Uluğbek barçasini ğalaba bilan yakunlagan va 4 tasida nokaut qayd etgan edi.

















